2026-yil 27-aprel kuni Kimyo International University in Tashkentda Fransiyaning ISRP — Psixomotor reabilitatsiya oliy instituti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda reabilitatsiya yo‘nalishlari va ta’lim modullari taqdim etilib, psixomotor terapiya, insultdan keyingi tiklanish, DCP hamda RAS bilan bog‘liq zamonaviy yondashuvlar muhokama qilindi.
Tomonlar kelgusidagi hamkorlikni rivojlantirish, memorandum imzolash, ta’lim strategiyalarini takomillashtirish va master-klasslar tashkil etish masalalarini ko‘rib chiqdi. Uchrashuv davomida KIUT vakillari tomonidan Janubiy Koreya tajribasi, bolalar reabilitatsiyasida amaliy yondashuvlar hamda akademik mobillikning ahamiyati yoritildi.