2026-yil 25-aprel kuni
2026-yil 25-aprel kuni Kimyo International University in Tashkent Tibbiyot maktabi tashabbusi bilan universitet talabalari o‘rtasida tibbiy-fundamental fanlar bo‘yicha fan olimpiadasi yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur intellektual bellashuvda Toshkent, Samarqand va Namangan kampuslaridan tibbiyot yo‘nalishi talabalari ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar.
Olimpiada tibbiy kimyo, tibbiy biologiya, gistologiya va anatomiya fanlari bo‘yicha uch bosqichda o‘tkazilib, ishtirokchilarning nazariy bilimlari va tahliliy fikrlash qobiliyati sinovdan o‘tkazildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, ular OTMlar o‘rtasida o‘tkaziladigan keyingi bosqich olimpiadasiga yo‘llanma oldilar.