2025-yil 17–19 noyabr kunlari Toshkentdagi INNO Texnoparkida GreenEngine xalqaro loyihasining boshlang‘ich uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
2025-yil 17–19 noyabr kunlari Toshkentdagi INNO Texnoparkida GreenEngine xalqaro loyihasining boshlang‘ich uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Italiya, Gruziya, Gretsiya va Turkiya universitetlari vakillari ishtirok etib, kreativ muhandislik va barqaror rivojlanish bo‘yicha fikr almashdilar.
Ochilish marosimida KIUT rektori prof. Akmal Allakuliev loyihaning O‘zbekistondagi ta’lim va innovatsiyalar tizimidagi ahamiyatini ta’kidladi. Shuningdek, vazirlik vakillari GreenEngine tashabbusining amaliy natijalari bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Uchrashuv davomida loyiha maqsadlari, ish yo‘nalishlari va hamkorlik mexanizmlari muhokama qilindi.