Universitetimizda Koreya Respublikasining nufuzli professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Universitetimizda Koreya Respublikasining nufuzli professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
11-fevral kuni universitetimizga tashrif buyurgan Koreya Respublikasidan professorlar Hoe Yong va Park Eun Jung bilan muzokaralar o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida қуйидаги масалалар муҳокама қилинди:
KIUT magistratura bosqichidagi koreys tili yo‘nalishi magistrantlarining dissertatsiya himoyalarini tashkil etish;
KIUTda “Koreys tili markazi”ni ochish;
Koreys tili mutaxassisliklari uchun o‘quv adabiyotlarini yaratish va tarjima qilish;
Kelgusi o‘quv yilida KIUT bazasida O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalari koreys tili o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar va magistrantlar ishtirokida xalqaro konferensiya tashkil etish.