• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
  • facebook icon
  • telegram icon
  • linkedin icon
  • youtube icon
  • instagram icon
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet arrow icon

    Universitet

    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    • KIUT Shop
    • Talabalar uyushmasi
    • Kafedralar
    • Bo'limlar
  • Dasturlar arrow icon

    Dasturlar

    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    • Muhandislik maktabi
    • Biznes va moliya maktabi
    • Taʼlim maktabi
    • Sanʼat maktabi
    • Tibbiyot maktabi
  • Qabul arrow icon

    Qabul

    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Koʻp beriladigan savollar
    • Qabul Toshkent shahri
    • Qabul Namangan shahri
    • Qabul Samarqand shahri
    • MBA AlmaU
  • Tadqiqot arrow icon

    Tadqiqot

    • Ilmiy kengash
    • Axborot - resurs markazi
    • Malakaviy imtihon
    • Doktorantura
    • Innovatsion markaz
    • Ilmiy boʻlim
    • Konferentsiyalar to'plami
    • Ilmiy jurnallar
  • Filiallar arrow icon

    Filiallar

    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar
  • en
  • ru

Kafedralar

  1. Bosh Sahifa
  2. Universitet
  3. Kafedralar

"TIBBIY FUNDAMENTAL FANLAR" KAFEDRASI

 

Dunyoda ayrim kasb egalari borki, ularning mehnat faoliyati bevosita butun bir insoniyat hayoti, turmush tarzi va jamiyat rivoji bilan bevosita dahldor. Ana shunday kasblardan biri bu — shifokorlik kasbidir. Ular o‘z hayotini insoniyat salomatligini asrashdek g‘oyat mas'uliyatli va sharafli ishga bag‘ishlab kelmoqda. Xususan, oilaviy shifokorlar tibbiyotning birlamchi bo‘g‘ini aholi salomatligini saqlash, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda beqiyos o‘ringa ega.
Inson qadr-qimmati ulug‘langan, manfaatlari ustuvor yurtda yuksalish va taraqqiyot bardavom bo‘ladi. E'tiborlisi, mustaqillik yillarida mazkur tamoyil asosida mamlakatimizning barcha jabhalarida ijobiy o‘zgarish va yangilanishlar kuzatilib, xalqimizning erkin va farovon yashashi, baxtli hayoti yo‘lida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Yurtimizda ham shifokorlar mehnatini qadrlash va ular uchun munosib bo‘lgan sharoitlarni yaratib berish, aholi salomatligini asrashda sohaga eng zamonaviy texnologiyalarni keng tadbiq etishga doimiy ravishda davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e'tibor qaratib kelinadi.
Jumladan, aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishning sifati, samaradorligini oshirish, tibbiyot xodimlarining jamiyatdagi o‘rni va maqomini kuchaytirish maqsadida Prezidentimizning “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq yuqori malakali oilaviy shifokorlarni  tayyorlash maqsadida  Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida 2021 yil «General medicine» va «Dentistry» ta'lim yo‘nalishi tashkil etildi. Shu bilan birga mazkur yo‘nalishlarda tibbiy fanlarni o‘qitish maqsadida «Tibbiy fundamental fanlar» kafedrasi tashkil etilgan.
Kafedra professor o‘qituvchilari tibbiy biologik va fundamental fanlar bo‘yicha mutaxassis bo‘lib, umumiy amaliyot shifokorlarini tayyorlash maqsadida tibbiyot kasbiga  kirish, ilmiy tadqiqot ishlari asoslarini o‘rgatish hamda aholi bilan ishlashda shaxslararo muloqat tamoyillariga rioya qilish va sog‘lomlashtirish, targ‘ibot qilish ishlarini to‘g‘ri amalga oshirishga o‘rgatish maqsadida pedagogika va psixologiyaga  alohida e'tibor qaratilmoqda.
Kafedra talabalarni shifokorlik amaliyotiga tayyorlash maqsadida bir qator davlat va xususiy davolash muassasalari bilan hamkorlikda faoliyat yuritmoqda. Xususan, Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul'monologiya markazi, 1 - sonli shahar klinikasi, 3-sonli shahar klinikasi,  59 - oilaviy poliklinikasi va boshqalar.  Shu bilan birga kafedra xodimlari tomonidan ilmiy - tadqiqot ishlari va innovasion yo‘nalishlarda bir qator amaliy ishlar bajarilmoqda.


Kafedraning maqsadi – “General medicine” va “Dentistry” yo‘nalishlarida tahsil olayotgan  talabalarga tibbiyotning poydevori hisoblangan  fundamental fanlar bo‘yicha zamonaviy va innovasion yondoshuvlarni qo‘llagan holda ta'lim jarayonini tashkil etish.  Shu bilan birga, kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan o‘tkaziladigan har bir  ma'ruza va amaliy mashg‘ulotlarni  talab darajasida va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash. 

Kafedraning vazifalari: 

  • O‘quv rejalarida belgilangan ma'ruza,  amaliy mashg‘ulot, laboratoriya va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish; 
  • Talabalarning malakaviy amaliyoti, loyihalar, ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish, talabalar bilimini baholashning reyting nazoratini joriy etish va mustaqil ishlarni tashkil etish; 
  • Kafedra fanlari bo‘yicha sillabuslarni  ishlab chiqish va belgilangan tartibda o‘quv jarayoniga joriy qilish.
  • Ta'lim jarayoni sifatini oshirish maqsadida darslik, o‘quv qo‘llanma, uslubiy va metodik ko‘rmatmalarni tayyorlash;
  • Kafedrada ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va iqtidorli talabalarni jalb etish, hamda olimpiada va tanlovlarda ishtirok etishini faollashtirish; 
  • Professor-o‘qituvchilarning Respublika va xalqaro ilmiy anjumanlarda ishtirok etishini ta'minlash; 
  • Ta'lim, davolash va ilmiy faoliyat bo‘yicha Respublika muassasalari bilan aloqalarni rivojlantirish.
Xatamov Аlijan Ibrogimjanovich
Xatamov Аlijan Ibrogimjanovich
Kafedra ish yurutuvchisi

Ilmiy qiziqishlari: Tibbiyot. Klinik anatomiya Pedagogika. Fundamental fanlarni o`qitish metodikasi. Ilmiy yo‘nalishi: Morfologiya (14.00.02) Biografiya 1992 yildan Andijon davlat tibbiyot institutining topografik anatomiya va operativ xirurgiya kafedrasida ishlagan, 1997 yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2018 yildan Toshkent tibbiyot akademiyasi Anatomiya va klinik anatomiya kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelgan. 2021 yildan Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universitetida fundamental tibbiyot fanlari kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. 200 dan ortiq ilmiy maqolalar, tezislar va 25 dan ortiq oʻquv qoʻllanmalar va monografiyalar muallifi.

Аbduraximova Lola Аnvarovna
Аbduraximova Lola Аnvarovna
Professor

Pedagogika fanlari doktori, tibbiyot fanlari nomzodi. Mutaxassisligi – oilaviy shifokor, terapevt. Tibbiyot boʼyicha asosiy yoʼnalishlari – oilaviy tibbiyot, tibbiy taʼlim, simulyatsion taʼlim. Simulyatsion oʼqitish boʼyicha trener. Ilmiy faoliyati: gastroenterologiyaning dolzarb muammolari, tibbiy taʼlim sohasida innovatsion yondoshuvlar. Ilmiy ishlari: 120 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 15 dan ortiq oʼquv uslubiy qoʼllanmalar muallifi. Malaka oshirish: Janubiy Koreya, Rossiya federatsiyasi.

Ubaydullaev Rustam Latipovich
Ubaydullaev Rustam Latipovich
Dotsent

Ilmiy qiziqishlari: Yoshga oid anatomiya, ante- va postnatal ontogenezda jigarning topografik va anatomik xususiyatlarini o'rganish. Ilmiy yo‘nalish: Odam anatomiyasi. Biografiya: U 2022 yilda Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. tibbiyot fanlari nomzodi. Andijon davlat tibbiyot institutini "davolash ishi" mutaxassisligi bo'yicha tamomlagan. U bir qancha monografiya, darslik va maqolalar muallifi hisoblanadi. Odam anatomiyasi yonalishi bo'yicha magistrga ilmiy rahbarlik qilgan.

Madazizova Dilfuza Raxmatullaevna
Madazizova Dilfuza Raxmatullaevna
Katta o'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: Tana, a’zo, to'qima va hujayralarning normal fiziologiyasi. Yurak fiziologiyasi. Analizatorlar Ilmiy yo‘nalish: Tibbiyot universiteti talabalarining yurak-qon tomir tizimining funktsional holatlari xususiyatlari. Biografiya 2021-yilda Toshkent Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. Bir qancha darslik, o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ilmiy maqolalar muallifi.

Maksumova Munira Аbduganievna
Maksumova Munira Аbduganievna
Katta o'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: Tibbiy biologiya va umumiy genetika Ilmiy yo‘nalish: Tibbiy ta’lim tizimida raqamli texnologiya Biografiya 2021-yilda Toshkent Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. Bir qancha o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ilmiy maqolalar muallifi.

Moxammad Аbdul Xasib
Moxammad Аbdul Xasib
Katta o'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: Bolalar endokrin kasalliklari Ilmiy yo‘nalish: Bolalar kasalliklari Biografiya 2021 yildan KIUT universitetida ish boshlagan, koʻplab maqola va tezislar muallifi.

Аrsenova Muxabbat Аbdmoʼmin qizi
Аrsenova Muxabbat Аbdmoʼmin qizi
O'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: Tibbiyot. Fiziologiya. Patologiya. Pedagogika. Fundamental fanlarni o`qitish metodikasi. Ilmiy yo‘nalishi: Normal fiziologiya (14.00.17) 2022-yildan Toshkent Kimyo xalqaro universitetining fundamental tibbiyot fanlari kafedrasida O'qituvchi lavozimida ishlay boshlagan va u yerda faol dars berib, ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Bir qancha darsliklar, o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ilmiy maqolalar muallifi.

Kurbanova Saida Baxtiyarovna
Kurbanova Saida Baxtiyarovna
O'qituvchi

Mutaxassisligi – umumiy amaliyot shifokori, umumiy onkolog. Tibbiyot boʼyicha asosiy yoʼnalishlari -ximioterapiya. Ilmiy faoliyati: – koʼkrak bezi saratoni bilan kasallangan bemorlarda TDL plastika. Ilmiy ishlari: 12 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, uslubiy ishlar muallifi.

Mo'minova Dono
Mo'minova Dono
O'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: Sog'liqni saqlash. Sog'liqni saqlashni boshqarish. Pedagogika. Fundamental fanlarni o`qitish metodikasi. Ilmiy yo'nalishi: Sog'liqni saqlash. Sog'liqni saqlashni boshqarish (14.00.33) Biografiya 2023 yildan Toshkent tibbiyot akademiyasida assistent lavozimida ishlab kelgan. 2024-yildan Toshkent Kimyo xalqaro universitetida ishlay boshladi, u yerda sog‘liqni saqlash va sog‘liqni saqlashni boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha faol dars berib, ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanib kelmoqda.

Shahlo Musayeva
Shahlo Musayeva
O'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: Kanserogenez sharoitida steroid gormonlar tarafidan o'sma hujayralari apoptozini induksiyasi. Ilmiy yo‘nalish: Hujayra biologiyasi, biokimyo. Biografiya 2024-yilda Toshkent Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. O’zRFA Biorganik Kimyo institutida ilmiy laboratoriyalarida, O’zbekiston Respublikasi Onkologiya ilmiy markazidagi “Hujayra biologiyasi” ilmiy laboratoriyasida, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Gistologiya kafedrasida ish faoliyatlarini olib brogan. Bir qancha ilmiy maqolalar muallifi.

Anvar Abduvaliyev
Anvar Abduvaliyev
Dotsent

Ilmiy qiziqishlari: Hujayra biologiya. Hujayra proliferatsiya va apoptoz muqobil tartibga solish. Kanserogenez. Molekulyar genetika. Ilmiy yo‘nalish: Gistologiya, sitologiya va hujayra biologiyasi (03.00.11) Biografiya 2021 yildan Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. Biologiya fanlar nomzodi (PhD). Katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga ega. Bir qancha monografiya, o’quv qo’llanma va 70 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Portugaliya, Xitoy, Turkiya va Rossiyadagi genetik laboratoriyalarda ilmiy tadqiqotlar va malaka oshirish ishlari olib borilgan.

Aziza Jamolova
Aziza Jamolova
O'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: Darvoza vena dastasining morfometriyasi va morfologiyasi, uning ildizlari va shoxlari jins va yosh farqlarida. Ilmiy yo‘nalish: Morfologiya (14.00.02) Biografiya Jamolova Aziza 1998 yilda Toshkent shahrida tug'ilgan. 2022 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasida "morfologiya" yo'nalishi bo'yicha magistraturani tamomlagan. Toshkent tibbiyot akademiyasining 14.00.02 morfologiya yo'nalishi bo'yicha 2 – kurs mustaqil izlanuvchisi hisoblanadi. 2023 yildan boshlab Toshkent Kimyo xalqaro universitetida anatomiya fani bo'yicha tibbiy fundamental fanlar kafedrasida o'qituvchi bo'lib ishlay boshladi. Bir nechta o'quv qo'llanmalari, o'quv-uslubiy qo'llanmalar va ilmiy maqolalar muallifi.

Kamilov Adkham
Kamilov Adkham
Dotsent

Research interests: Environmental hygiene. Communal hygiene. Hygiene of children and adolescents. Military hygiene Scientific branch: Hygiene (14.00.07) Biography Since 2024, he began working at Kimyo International University in Tashkent. Graduated from the Tashkent State Medical Institute. He has the title “Candidate of medical sciences”. More than 20 years served in military medicine. He is the author of 2 monographs, 2 textbooks, 2 teaching aids, several scientific articles and methodological recommendations.

Aziza Nishanova
Aziza Nishanova
Dotsent

Ilmiy qiziqishlar: Tibbiyot. Fiziologiya. Patologiya. Neyrofiziologiya. Pedagogika. Fundamental fanlarni o’qitish usullari. Ilmiy yo'nalish: Normal fiziologiya (14.00.17) Biografiya: 1990 yildan boshlab Andijon tibbiyot institutida normal fiziologiya kafedrasida ishlagan. 1993 yilda "Normal fiziologiya" yo'nalishi bo'yicha "Dudenal sekretsiyani boshqarishdagi nerv mexanizmlari" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1994 yilda Farg'ona davlat universitetining tibbiyot fakultetida dotsent lavozimida ishlay boshlagan, 2001 yildan esa Tibbiy-fundamental fanlar kafedrasining mudiri bo'lib ishlagan. 2014 yildan Toshkent davlat stomatologiya institutida fiziologiya va patologiya kafedrasining mudiri sifatida faoliyat yuritgan. 2023 yilda Toshkentdagi Xalqaro Kimyo universitetida dotsent lavozimida ish boshlagan. U normal fiziologiya bo'yicha o'zbek tilida 5 ta darslik, bir nechta o'quv va metodik qo'llanmalar, monografiyalar va ilmiy maqolalar muallifidir.

Otabek Raxmanov
Otabek Raxmanov
O'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: Anthropometric indicators of children of early school age living in Snoat zones, the effect of psychoactive substances on the body. Ilmiy yo'nalishi: Morfologiya (14.00.02) Biografiya 2023 yildan Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida Tibbiy fundamental fanlar kafedrasida ish boshlagan. 2023 yildan Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida Mustaqil izlanuvchilikga qabul qilimdi, Samarqand shahridagi Samarqand davlat inistitutida davolash ishiyo’nalishi bo‘yicha bakalavr va Toshkent Tibbiyot Akademiyasida Narkologiya bo‘yicha magistr darajasi, Bir qancha o’quv qo’llanma va ilmiy maqolalar muallifi. 2023

Tarinova Margarita
Tarinova Margarita
Dotsent

Ilmiy qiziqishlari: Suv-mineral va oqsil gomeostazini tartibga solish va saqlashning morfo-funksional asoslari. Ilmiy yo‘nalish: Hujayra biologiyasi Biografiya 2024 yildan Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. 1984 yilda Toshkent Davlat universitetini tamomlagan. 1993 yilda 03.00.02 “Biofizika” ixtisosligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan va fan nomzodi ilmiy darajasini olgan. O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi Fiziologiya institutida ilmiy xodim, Toshkent tibbiyot institutida tibbiy biofizika, tibbiy biologiya va genetika o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. Bir qator ilmiy maqolalar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi.

Ulmasjon Tuymachev
Ulmasjon Tuymachev
O'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari antropometriya, jismoniy rivojlanish, somatotip, naysimon suyaklar o’sish sohalari. Ilmiy yo‘nalish: 14.00.02-Morfologiya Biografiya Tuymachev Ulmasjon Аbdumavlanovich 2012 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi «Tibbiy profilaktika» fakultetini, 2014 yilda esa «Jamoat salomatligi va sogʼliqni saqlashni boshqarish» mutaxassisligi boʼyicha magistraturani bitirgan. 2014-2019 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasida jamoat salomatligi, sogʼliqni saqlashni tashkil etish va boshqarish kafedrasi assistenti. 2019-2022 yillarda Toshkent davlat stomatologiya institutida anatomiya kafedrasi assistenti. 2022-2023 yillarda Oʼzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida anatomiya kafedrasi oʼqituvchisi. 2023 yildan Toshkent Kimyo xalqaro universitetida tibbiy fundamental fanlar kafedrasi oʼqituvchisi. Tuymachev U.A. 2024 yil 31 oktabrda Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshidagi Ixtisoslashgan Kengashda tibbiyot fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun 14.00.02 - Morfologiya ixtisosligi boʼyicha «Qishloq sharoitida yashovchi maktab oʼquvchilarining antropometrik koʼrsatkichlari va naysimon suyaklar oʼsish sohalarining holati» nomli dissertatsiya ishini himoya qilgan. Tuymachev U.A. tomonidan 38 ta ilmiy ish jumladan, 1 ta uslubiy tavsiyanoma, 18 ta maqola va 19 ta tezis nashr qilingan. Shuningdek, Hayot faoliyati xavfsizligi. Fuqaro muhofazasi fanidan 1ta darslik va Fuqaro muhofazasi va fuqaro muhofazasi tibbiyot xizmati nomli o’quv qo’llanma muallifi.

Ilmiy loyiha bo‘yicha umumiy ma'lumot 

Yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda tibbiy fundamental fanlar doirasida innovasion texnologiyalar yordamida ilmiy tadqiqot jarayonida integrativ yondoshuv orqali  raqamli tibbiyotni rivojlantirish

Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasida hozirgi vaqtda sog‘liqni saqlash tizimini hamda ta'lim tizimini isloh qilish, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish va innovasion texnologiyalarni qo‘llash borasida keng ko‘lamli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, raqamli tibbiyot sog‘liqni saqlashning muhim yo‘nalishi  sifatida turli kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash, davolash hamda oldini olish borasida muhim bo‘lib hisoblanadi. Aholiga tibbiy sanitariya yordamini ko‘rsatishda komp'yuter texnologiyalaridan keng foydalanish, tibbiy xizmat sifatini oshirishga zamin yaratadi. “Uzluksiz ta'lim  tizimini  yanada  takomillashtirish,  sifatli  ta'lim  berish imkoniyatlarini  kengaytirish,  mehnat  bozori ehtiyojlariga muvofiq  yuqori  malakali  kadrlar  tayyorlash  siyosatini  davom  ettirish” muhim  ustuvor  vazifa  sifatida  belgilangan.  Bu borada tibbiyot sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislarning amaliyotdagi ko‘nikmalarini mustahkamlash va tibbiy fundamental fanlarni o‘qitayotgan pedagoglarning ilmiy izlanuvchanlik qobiliyatini  rivojlantirishga qaratilgan  texnologiyalarni takomillashtirish hamda innovasion faoliyatning turli  darajalarini  talab darajasida  egallashlari  uchun innovasion ta'lim muhitini, raqamli tibbiyotga oid sharoitlar va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari bilan ta'minlash o‘ziga xos ahamiyatni kasb etadi.

Tadqiqot maqsadi: Tibbiy fundamental fanlar doirasida ilmiy-tadqiqot jarayonini innovasion texnologiyalar hamda raqamlashtirish usullari yordamida takomillashtirish. 


Tadqiqot vazifalari:

  1. Yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda innovasion  texnologiyalarni qo‘llash asosida tibbiy ta'lim jarayonida raqamlashtirishga oid usullarni ishlab chiqish va joriy etish.
  2. Bo‘lg‘usi oilaviy shifokorlarni tayyorlashda innovasion texnologiyalarni qo‘llashga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlariga mutaxassislarni jalb qilish va yangi usullarni tadbiq etish. 
  3. Tibbiy ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan va informasion va/hamda simulyasion texnologiyalar qo‘llashning integrativ yondoshuvi asosida elektron dasturlar yaratish.
  4. Mahalliy tibbiyot oliygohlari ehtiyojini inobatga olgan holda xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda raqamli tibbiyotga  oid  texnologiyalarni tatbiq etish.
  5. Mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish jarayonida innovasion  texnologiyalarni qo‘llash samaradorligi aniqlash hamda ob'ektiv baholash tizimini joriy etish. 

Ilmiy natijalar: 

  1. Innovasion texnologiyalarni qo‘llash yordamida raqamli tibbiyotni rivojlantirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot jaryoni amalga oshiriladi.
  2. Mahalliy ehtiyoj va talabni  hamda raqamlashtirish sharoitlariga moslashtirilgan yangi texnologiya va dasturlar yaratiladi.
  3. Yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda ularning kasbiy mahoratini oshirishga doir jarayon takomillashtiriladi.

Natijalarni sinovdan o‘tkazish:

  • Tibbiy oliy ta'lim muassasalari, ilmiy va amaliy markazlar, oilaviy poliklinika va o‘quv markazlari. 

Natijalarning ilmiy nashrlari:

  • Scopus, Web of Science xalqaro bazalarda indeksasiyalanuvchi hamda OAK ro‘yxatiga kiritilgan mahalliy va xalqaro jurnallarda ilmiy ishlar chop etiladi. Shu bilan birga o‘quv uslubiy ishlar, monografiya, qo‘llanma hamda patent kabi mahsulotlar yaratiladi.

 

Click to link to download - include a link to the PDF!

  • Dars jadvallari
  • Intranet
  • Intranet (Sirtqi taʼlim)
  • Kutubxona
  • E-pochta
  • Talabalar baholari
  • Talabalarning davomati
  • Davomat
  • ул. Шота Руставели, 156, 100121 Ташкент
  • +998 78 129 40 40
  • info@kiut.uz

Copyright © 2024 KIUT. All rights reserved

facebook twitter linkedin linkedin instagram