• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
  • facebook icon
  • telegram icon
  • linkedin icon
  • youtube icon
  • instagram icon
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet arrow icon

    Universitet

    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    • KIUT Shop
    • Talabalar uyushmasi
    • Kafedralar
    • Bo'limlar
    • Kelajakka qadam
  • Dasturlar arrow icon

    Dasturlar

    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    • Muhandislik maktabi
    • Biznes va moliya maktabi
    • Taʼlim maktabi
    • Sanʼat maktabi
    • Tibbiyot maktabi
  • Qabul arrow icon

    Qabul

    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Xalqaro qabul
    • Qabul Toshkent shahri
    • Qabul Namangan shahri
    • Qabul Samarqand shahri
    • MBA AlmaU
    • Yozgi maktab
    • Koʻp beriladigan savollar
  • Tadqiqot arrow icon

    Tadqiqot

    • Ilmiy Kengash
    • Maxsus va malakaviy imtihonlar
    • Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash
    • Axborot - resurs markazi
    • Innovatsion markaz
    • Ilmiy boʻlim
    • Konferentsiyalar to'plami
    • Ilmiy jurnallar
    • Ilmiy maqolalar
  • Filiallar arrow icon

    Filiallar

    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar
  • en
  • ru

Kafedralar

  1. Bosh Sahifa
  2. Universitet
  3. Kafedralar

Moliya kafedrasi

Moliya kafedrasi asosan “Moliya” bakalavr ta’lim yo’nalishi, “Davlat moliya” va “Korporativ moliya” magistratura mutaxassisliklari uchun maxsus hamda mutaxassislik fanlaridan dars beradi. Kafedrada o’qitilayotgan fanlar zamonaviy mehnat bozori talablaridan kelib chiqqan holda tanlanadi hamda fan dasturlari (sillabuslar) esa potensial ish beruvchilar bilan muhokama qilish natijasida shakllantiriladi. 

Bundan tashqari Oliy ta'limdan keyingi ta'lim falsafa doktori (Doctor of Philosophy), fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajalarini olish uchun kafedrada mustaqil izlanuvchi hamda tayanch doktorant sifatida  08.00.07-“Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo’yicha tadqiqotchi olimlar o’z tadqiqotlarini olib borishlari mumkin. 

Kafedraning missiyasi: Yuqori sifatli moliyaviy ta’lim berish orqali yashash standardlarini oshirishga hissa qo’shishdir.
Ushbu missiyaga erishish maqsadida korporativ moliya, davlat moliyasi hamda xalqaro moliya sohalarida muvaffaqiyatli kadrlar hozirgi nazariy hamda amaliy bilim ko’nikmalari rivojlantirgan holda yetishtirib chiqiladi.

Kafedraning vazifalari: 

  • Ta’lim berilayotgan fanlar bo’yicha chuqur va zamonga mos bo’lgan bilim berish;
  • Individual va jamoaviy ilmiy ishlar hamda loyihalarni qo’llab-quvvatlash;
  • Davlat hamda xususiy sektor korxonalari, moliyaviy sektor, potensial ish beruvchilar ham hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish;
  • Kadrlar almashinuvi, kadrlar malakasini oshirish bo’yicha xalqaro hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish hamda rivojlantirish;

Kafedra mudiri: Elmurodov Shokhjahon
Raqam: +99878 129 40 40 (156)
Email: sh.elmurodov@kiut.uz 
 

Ziyodilloyev Xushnud
Ziyodilloyev Xushnud
Kafedra Mudiri

Ilmiy qiziqishlari: Moliya, Bank ishi, Investitsiya Ilmiy yo‘nalish: “Moliya, pul muomalasi va kredit” (08.00.07) iqtisodiyot fanlari, Biografiya Ziyodilloyev Xushnud 2021-yildan buyon Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universitetining Moliya kafedrasida dotsent vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritmoqda. U 2011–2015-yillarda Toshkent Moliya institutida bakalavriat bosqichini tamomlagan va 2018–2020-yillarda Xitoy Xalq Respublikasidagi Yunnan Moliya va Iqtisodiyot Universitetida magistratura bosqichida tahsil olgan. U 20 dan ortiq ilmiy maqola va tadqiqot ishlari muallifi hisoblanadi. 2024-yilda unga Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi berilgan.

Utegenov Ongarbay
Utegenov Ongarbay
Professor

Ilmiy qiziqishlari: Бизнес ҳуқуқи ва халқаро ҳуқуқ. Ilmiy yo‘nalish: Экологик ҳуқуқ ва халқаро ҳуқуқ (12.00.06), Biografiya 2022 yildan Toshkent Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. Юридик фанлар доктори. 2004 yilda Қорақалпоқ давлат университети юриспруденция yonalishi bo’yicha tamomlagan. 2006 yildan 2022 yilgacha Қорақалпоқ давлат университети проректори, Божхона институти доценти ва адлия булимларида lavozimigacha etishgan. 2010 йили юридик fanlari nomzodi 2020 yilda юридик фанлар доктори ilmiy darajasini olgan 2 ta monografiya, 2 та уқув қулланма, дарсликлар ва 100 dan ortiq maqola va tezislar muallifi.

Ismoilova Kutlibeka
Ismoilova Kutlibeka
Katta o'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: Kapital tuzilmasi, moliyaviy menejment, foiz stavkalari, korporativ baholash, qimmatli qog‘ozlarni baholash, portfel investitsiyalari. Ilmiy yo‘nalish: Moliya, pul muamalasi, kredit (08.00.07) Biografiya 2021 – hozirgacha: Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetining “Moliya” kafedrasida “Investitsiyalar” va “Moliyaviy menejment” fanlari bo‘yicha katta o‘qituvchi. 2019 – 2021: Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti (oldingi — Toshkent Moliya Instituti) magistratura bosqichi, mutaxassislik — “Xalqaro moliya”. 2015 – 2019: Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti (oldingi — Toshkent Moliya Instituti) bakalavriat bosqichi, mutaxassislik — “Bank ishi”.

Xamrayev Amirzoda
Xamrayev Amirzoda
Professor

Ilmiy qiziqishlari: islom iqtisodiyoti va moliyasi, kapital tuzilmasi, investitsion portfelni optimallashtirish, risk menejmenti Ilmiy yo‘nalish: “Moliya, pul muomalasi va kredit” (08.00.07) iqtisodiyot fanlari, Biografiya Hamrayev Amirzoda — 2021 yildan beri Toshkent xalqaro “Kimyo” universitetining “Moliya” kafedrasi dotsent v.b lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. U Toshkent moliya institutini 2013–2017 yillarda bakalavr, 2018-2020-yillarda Koreya Respublikasidagi “Youngsan University” da magistratura bosqichida tahsil olgan. U 20 dan ortiq ilmiy ishlanmalar va ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi. 2024-yilda iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olgan

Fayzulloh Sattoriv
Fayzulloh Sattoriv
Katta o'qituvchi

Ilmiy tadqiqot yo’nalishlari: Moliyaviy menejmentni takomillashtirish; Kapital qo'yilmalarini baholash; Qimmatli qog’ozlarni baholash.

Turanov Suhrob
Turanov Suhrob
Katta o'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish Ilmiy yo‘nalish: 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit Biografiya 2022-yildan buyon Toshkent Kimyo xalqaro universitetida faoliyat yuritadi. 2014-yilda Toshkent moliya institutida “Iqtisodiyot” magistratura mutaxassisligini tamomlagan. 2017–2021-yillarda “Zarafshon-Ziyo” MCHJda bosh hisobchi lavozimida ishlagan. 2019-yildan hozirga qadar “Holis Barakat Servis” MCHJda moliyaviy menejer lavozimida faoliyat yuritmoqda. Monografiyalar va 20 dan ortiq ilmiy maqola hamda tezislar muallifi.

Xamidova Faridaxon
Xamidova Faridaxon
Professor

Ilmiy qiziqishlari: moliyaviy xavfsizlik, iqtisodiy xavfsizlik, xalqaro moliya institutlari, moliya bozorlari, investitsiyalar.. Ilmiy yo‘nalish: Moliya, pul muomalasi va kredit (08.00.07). Biografiya 2025 yildan Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. iqtisodiyot fanlari doktori. 1995 yilda Toshkent moliya institutini moliya-kredit yonalishi bo’yicha tamomlagan. 2009 йилда иқтисодиёт фанлари номзоди, 2023 йилда иқтисодиёт фанлари доктори илмий даражаларини олган. 1990-1995 йй.- Тошкент молия институти талабаси 1998-1999 йй.- Тошкент молия институти тармоқлар молияси кафедраси стажёр-тадқиқотчиси 1999-2001 йй.- Тошкент молия институти қимматли қоғозлар ва биржа иши кафедраси ўқитувчиси 2001-2006 йй.- Тошкент молия институти қимматли қоғозлар бозори кафедраси аспиранти 2006-2010 йй.- Тошкент молия институти қимматли қоғозлар бозори кафедраси катта ўқитувчиси

Qayumov Sardor
Qayumov Sardor
Katta o'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: kambag’allikni qisqartirish. Ilmiy yo‘nalish: Moliya, pul muomalasi va kredit (08.00.07), Biografiya 2019 –yilda Toshkent moliya instituti, Soliqlar va sug‘urta fakulteti, “Soliqlar va soliqqa tortish” bakalavr yo‘nalishini, 2021 – yilda Toshkent moliya instituti va Malayziyaning Binary University qo‘shma fakulteti, “Moliya va buxgalteriya hisobi” magistr bosqichini tamomlagan. 2021–yildan Toshkent Xalqaro Kimyo universiteti, “Moliya va biznes boshqaruvi” kafedrasi o‘qituvchisi, 2022–yildan Toshkent Xalqaro Kimyo universiteti, “Moliya” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida mehnat faoliyatini yuritib kelmoqda. 2022–yildan h.v. – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil tadqiqotchisi (PhD). Ilmiy faoliyati davomida 1ta darslik, 1ta o‘quv qo‘llanma, 1ta o’quv-uslubiy qo’llanma va bir qancha ilmiy maqola hamda tezislar muallifi.

Mirsobitov Mirziyod
Mirsobitov Mirziyod
Katta o'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: Soliqlar va soliqqa tortish Ilmiy yo‘nalish: Soliqlar (08.00.07) Biografiya 2017- yilda Toshkent moliya instituti, “Soliq va soliqqa tortish” bakalavr yo’nalishi, 2019-yil Toshkent davlat iqtisodiyot unversiteti , Soliq va soliqqa tortish magistr bosqichini tamomlagan. 2023-yildan Toshkent Xalqaro Kimyo universiteti, “Moliya” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida mehnat faoliyatini yuritib kelmoqda. 2020–yildan h.v. – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil tadqiqotchisi (PhD). Ilmiy faoliyati davomida 10 ta o’quv-uslubiy qo’llanma va bir qancha ilmiy maqola hamda tezislar muallifi.

Doktor Hameed Alizai
Doktor Hameed Alizai
Dotsent

Ilmiy qiziqishlari: investitsiyalar va investitsiya portfelini boshqarish, kapital va boylikni boshqarish (Wealth Management), xalqaro moliyaviy institutlar, biznes etikasi, xalqaro moliya, xalqaro moliyada sun’iy intellektdan foydalanish, moliyaviy risklarni boshqarish. Ilmiy yo‘nalishi: moliya, o‘zaro investitsiya fondlari (Mutual Funds) va investitsiya portfelini boshqarish. Tarjimai hol Doktor Hameed Alizai — oliy ta’lim, moliyaviy xizmatlar, investitsiyalar, boylikni boshqarish va strategik boshqaruv sohalarida yigirma yildan ortiq professional tajribaga ega bo‘lgan tajribali akademik, tadqiqotchi va xalqaro biznes mutaxassisidir. Uning professional faoliyati akademik bilim, amaliy tajriba va xalqaro biznes tajribasining uyg‘unligini aks ettiradi. Doktor Hameed Alizai Biznes boshqaruvi doktori (DBA), Biznes boshqaruvi magistri (MBA) va Biznes boshqaruvi bakalavri (BBA) darajalariga ega. Uning keng qamrovli akademik va professional tajribasi ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va biznesni rivojlantirish jarayonlariga amaliy, xalqaro va istiqbolli yondashuvni qo‘llash imkonini beradi. 2026-yil sentyabr oyidan boshlab doktor Alizai Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Moliya kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat yuritmoqda. Uning akademik faoliyati nazariy bilimlarni amaliy biznes tajribasi bilan uyg‘unlashtirishga, talabalarda analitik fikrlash, samarali qaror qabul qilish va professional ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan. Mehnat faoliyati va professional tajribasi 2005–2006 — KUMSA Institute of Management. 2006–2007 — AREP Rehabilitation tashkilotida moliya yo‘nalishi bo‘yicha stajirovka. 2007–2008 — KBL moliyaviy tashkilotida tijorat banki xodimi. 2008–2009 — AIB xalqaro moliyaviy tashkilotida marketing menejeri. 2009–2012 — Shveytsariyaning Jeneva shahridagi Swiss UMEF University of Geneva universitetida professor Gerhardning ilmiy tadqiqotlar va akademik faoliyat bo‘yicha assistenti. 2009–2013 — Nyu-York, AQShda Global Partnership dasturi direktori. 2013 — Toronto, Kanadadagi STEP tashkilotida dastur va operatsion faoliyat rahbari. 2013–2014 — Toronto, Kanadadagi Foundation for International Training (FIT) tashkilotida Markaziy va Janubiy Osiyo bo‘yicha ijrochi assistent hamda loyiha rahbari. 2014–hozirgi vaqtgacha — Toronto, Kanadadagi Youths Civic Engagement & Educational Organization (AYCEEO) tashkiloti hammuassisi. 2018–2024 — Toronto, Kanadadagi Rogers Communications kompaniyasida jamoa rahbari va bosh direktorning moliyaviy maslahatchisi. 2019–2021 — Nexford Universityda MBA dasturida tahsil olgan; University of Ottawa bilan almashinuv dasturi doirasida ta’lim olgan. 2024–2026 — Scotia moliyaviy tashkilotida o‘zaro investitsiya fondlari bo‘yicha mutaxassis / moliyaviy maslahatchi. 1,5 milliongacha bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha investitsiya portfellarini boshqarish va investitsiya faoliyatini amalga oshirgan. 2024–2026 — Dunster Universityda doktorlik dasturi bo‘yicha stipendiya asosida tahsil olgan va ilmiy tadqiqot olib borgan. Tadqiqot yo‘nalishi investitsiya portfelida aktivlarni taqsimlash masalalariga bag‘ishlangan.

Click to link to download - include a link to the PDF!

Click to link to download - include a link to the PDF!

  • Dars jadvallari
  • Intranet
  • Intranet (Sirtqi taʼlim)
  • Kutubxona
  • E-pochta
  • Talabalar baholari
  • Talabalarning davomati
  • Davomat
  • Shota Rustaveli ko'chasi, 156, 100121 Toshkent
  • +998 78 129 40 40
  • info@kiut.uz

Copyright © 2024 KIUT. All rights reserved

facebook twitter linkedin linkedin instagram