• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
  • facebook icon
  • telegram icon
  • linkedin icon
  • youtube icon
  • instagram icon
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet arrow icon

    Universitet

    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    • KIUT Shop
    • Talabalar uyushmasi
    • Kafedralar
    • Bo'limlar
  • Dasturlar arrow icon

    Dasturlar

    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    • Muhandislik maktabi
    • Biznes va moliya maktabi
    • Taʼlim maktabi
    • Sanʼat maktabi
    • Tibbiyot maktabi
  • Qabul arrow icon

    Qabul

    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Koʻp beriladigan savollar
    • Qabul Toshkent shahri
    • Qabul Namangan shahri
    • Qabul Samarqand shahri
    • MBA AlmaU
  • Tadqiqot arrow icon

    Tadqiqot

    • Ilmiy kengash
    • Axborot - resurs markazi
    • Malakaviy imtihon
    • Doktorantura
    • Innovatsion markaz
    • Ilmiy boʻlim
    • Konferentsiyalar to'plami
    • Ilmiy jurnallar
  • Filiallar arrow icon

    Filiallar

    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar
  • en
  • ru

Kafedralar

  1. Bosh Sahifa
  2. Universitet
  3. Kafedralar

Moliya kafedrasi

Moliya kafedrasi asosan “Moliya” bakalavr ta’lim yo’nalishi, “Davlat moliya” va “Korporativ moliya” magistratura mutaxassisliklari uchun maxsus hamda mutaxassislik fanlaridan dars beradi. Kafedrada o’qitilayotgan fanlar zamonaviy mehnat bozori talablaridan kelib chiqqan holda tanlanadi hamda fan dasturlari (sillabuslar) esa potensial ish beruvchilar bilan muhokama qilish natijasida shakllantiriladi. 

Bundan tashqari Oliy ta'limdan keyingi ta'lim falsafa doktori (Doctor of Philosophy), fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajalarini olish uchun kafedrada mustaqil izlanuvchi hamda tayanch doktorant sifatida  08.00.07-“Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo’yicha tadqiqotchi olimlar o’z tadqiqotlarini olib borishlari mumkin. 

Kafedraning missiyasi: Yuqori sifatli moliyaviy ta’lim berish orqali yashash standardlarini oshirishga hissa qo’shishdir.
Ushbu missiyaga erishish maqsadida korporativ moliya, davlat moliyasi hamda xalqaro moliya sohalarida muvaffaqiyatli kadrlar hozirgi nazariy hamda amaliy bilim ko’nikmalari rivojlantirgan holda yetishtirib chiqiladi.

Kafedraning vazifalari: 

  • Ta’lim berilayotgan fanlar bo’yicha chuqur va zamonga mos bo’lgan bilim berish;
  • Individual va jamoaviy ilmiy ishlar hamda loyihalarni qo’llab-quvvatlash;
  • Davlat hamda xususiy sektor korxonalari, moliyaviy sektor, potensial ish beruvchilar ham hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish;
  • Kadrlar almashinuvi, kadrlar malakasini oshirish bo’yicha xalqaro hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish hamda rivojlantirish;

Kafedra mudiri: Elmurodov Shokhjahon
Raqam: +99878 129 40 40 (156)
Email: sh.elmurodov@kiut.uz 
 

Elmurodov Shoxjakhon
Elmurodov Shoxjakhon
Kafedra Mudiri

Ilmiy qiziqishlari: yashirin iqtisodiyot, kapital tuzilmasi, kapital qo’yilmalari, risk menejmenti Ilmiy yo‘nalish: “Moliya, pul muomalasi va kredit” (08.00.07) iqtisodiyot fanlari, Biografiya Shohjahon Elmurodov — 2020 yildan beri Toshkent xalqaro “Kimyo” universitetining “Moliya” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. U Toshkent moliya institutini 2009–2013 yillarda bakalavr, 2013–2015 yillarda esa magistr darajasi bo‘yicha tamomlagan. Shu davrda u mazkur institutda metodist, keyinchalik esa “Moliyaviy menejment” kafedrasi o‘qituvchisi (2015–2018) sifatida ishlagan. 2018–2020 yillarda Koreya Respublikasidagi Koreya universitetida magistratura bosqichida tahsil olgan. U 50 dan ortiq ilmiy ishlanmalar, jumladan darsliklar, monografiyalar va ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi. 2022 yilda iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 2024 yilda esa iqtisod fanlari doktori (DSc) ilmiy darajalarini olgan.

Rasulov To’lqin
Rasulov To’lqin
Professor

Kafedra professori Iqtisod fanlari doktori, professor Ilmiy tadqiqot yo’nalishlari: Xalqaro valyuta munosabatlari; Xalqaro moliyaviy institutlar; Birja ishi; Xalqaro savdo va iqtisodiy o’sish.

Utegenov Ongarbay
Utegenov Ongarbay
Professor

Ilmiy qiziqishlari: Бизнес ҳуқуқи ва халқаро ҳуқуқ. Ilmiy yo‘nalish: Экологик ҳуқуқ ва халқаро ҳуқуқ (12.00.06), Biografiya 2022 yildan Toshkent Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. Юридик фанлар доктори. 2004 yilda Қорақалпоқ давлат университети юриспруденция yonalishi bo’yicha tamomlagan. 2006 yildan 2022 yilgacha Қорақалпоқ давлат университети проректори, Божхона институти доценти ва адлия булимларида lavozimigacha etishgan. 2010 йили юридик fanlari nomzodi 2020 yilda юридик фанлар доктори ilmiy darajasini olgan 2 ta monografiya, 2 та уқув қулланма, дарсликлар ва 100 dan ortiq maqola va tezislar muallifi.

Axmadjonov Sherzod
Axmadjonov Sherzod
Dotsent

Iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) Ilmiy tadqiqot yo’nalishlari: Islom moliyasi; Investitsion loyihalarni boshqarish; Risklarni baholash metodologiyasi.

Abdikarimova Dinora
Abdikarimova Dinora
Dotsent

Kafedra dotsenti Iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) Ilmiy tadqiqot yo’nalishlari: Mulkni baholash metodologiyasi; Xalqaro valyuta va qimmatli qog’ozlar; Intelektual mulkni baholash.

Yakubova Samira
Yakubova Samira
Dotsent

Kafedra katta o’qituvchisi Ilmiy tadqiqot yo’nalishlari: Davlat va xususiy sherikchilik; Real investitsiyalarni boshqarish; Xalqaro moliyaviy munosabatlar

Ismoilova Kutlibeka
Ismoilova Kutlibeka
Katta o'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: Kapital tuzilmasi, moliyaviy menejment, foiz stavkalari, korporativ baholash, qimmatli qog‘ozlarni baholash, portfel investitsiyalari. Ilmiy yo‘nalish: Moliya, pul muamalasi, kredit (08.00.07) Biografiya 2021 – hozirgacha: Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetining “Moliya” kafedrasida “Investitsiyalar” va “Moliyaviy menejment” fanlari bo‘yicha katta o‘qituvchi. 2019 – 2021: Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti (oldingi — Toshkent Moliya Instituti) magistratura bosqichi, mutaxassislik — “Xalqaro moliya”. 2015 – 2019: Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti (oldingi — Toshkent Moliya Instituti) bakalavriat bosqichi, mutaxassislik — “Bank ishi”.

Ziyodilloyev Xushnud
Ziyodilloyev Xushnud
Dotsent

Ilmiy qiziqishlari: Moliya, Bank ishi, Investitsiya Ilmiy yo‘nalish: “Moliya, pul muomalasi va kredit” (08.00.07) iqtisodiyot fanlari, Biografiya Ziyodilloyev Xushnud 2021-yildan buyon Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universitetining Moliya kafedrasida dotsent vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritmoqda. U 2011–2015-yillarda Toshkent Moliya institutida bakalavriat bosqichini tamomlagan va 2018–2020-yillarda Xitoy Xalq Respublikasidagi Yunnan Moliya va Iqtisodiyot Universitetida magistratura bosqichida tahsil olgan. U 20 dan ortiq ilmiy maqola va tadqiqot ishlari muallifi hisoblanadi. 2024-yilda unga Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi berilgan.

Xamrayev Amirzoda
Xamrayev Amirzoda
Professor

Ilmiy qiziqishlari: islom iqtisodiyoti va moliyasi, kapital tuzilmasi, investitsion portfelni optimallashtirish, risk menejmenti Ilmiy yo‘nalish: “Moliya, pul muomalasi va kredit” (08.00.07) iqtisodiyot fanlari, Biografiya Hamrayev Amirzoda — 2021 yildan beri Toshkent xalqaro “Kimyo” universitetining “Moliya” kafedrasi dotsent v.b lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. U Toshkent moliya institutini 2013–2017 yillarda bakalavr, 2018-2020-yillarda Koreya Respublikasidagi “Youngsan University” da magistratura bosqichida tahsil olgan. U 20 dan ortiq ilmiy ishlanmalar va ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi. 2024-yilda iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olgan

Fayzulloh Sattoriv
Fayzulloh Sattoriv
Katta o'qituvchi

Ilmiy tadqiqot yo’nalishlari: Moliyaviy menejmentni takomillashtirish; Kapital qo'yilmalarini baholash; Qimmatli qog’ozlarni baholash.

Turanov Suhrob
Turanov Suhrob
Katta o'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish Ilmiy yo‘nalish: 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit Biografiya 2022-yildan buyon Toshkent Kimyo xalqaro universitetida faoliyat yuritadi. 2014-yilda Toshkent moliya institutida “Iqtisodiyot” magistratura mutaxassisligini tamomlagan. 2017–2021-yillarda “Zarafshon-Ziyo” MCHJda bosh hisobchi lavozimida ishlagan. 2019-yildan hozirga qadar “Holis Barakat Servis” MCHJda moliyaviy menejer lavozimida faoliyat yuritmoqda. Monografiyalar va 20 dan ortiq ilmiy maqola hamda tezislar muallifi.

Xamidova Faridaxon
Xamidova Faridaxon
Professor

Ilmiy qiziqishlari: moliyaviy xavfsizlik, iqtisodiy xavfsizlik, xalqaro moliya institutlari, moliya bozorlari, investitsiyalar.. Ilmiy yo‘nalish: Moliya, pul muomalasi va kredit (08.00.07). Biografiya 2025 yildan Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. iqtisodiyot fanlari doktori. 1995 yilda Toshkent moliya institutini moliya-kredit yonalishi bo’yicha tamomlagan. 2009 йилда иқтисодиёт фанлари номзоди, 2023 йилда иқтисодиёт фанлари доктори илмий даражаларини олган. 1990-1995 йй.- Тошкент молия институти талабаси 1998-1999 йй.- Тошкент молия институти тармоқлар молияси кафедраси стажёр-тадқиқотчиси 1999-2001 йй.- Тошкент молия институти қимматли қоғозлар ва биржа иши кафедраси ўқитувчиси 2001-2006 йй.- Тошкент молия институти қимматли қоғозлар бозори кафедраси аспиранти 2006-2010 йй.- Тошкент молия институти қимматли қоғозлар бозори кафедраси катта ўқитувчиси

Qayumov Sardor
Qayumov Sardor
Katta o'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: kambag’allikni qisqartirish. Ilmiy yo‘nalish: Moliya, pul muomalasi va kredit (08.00.07), Biografiya 2019 –yilda Toshkent moliya instituti, Soliqlar va sug‘urta fakulteti, “Soliqlar va soliqqa tortish” bakalavr yo‘nalishini, 2021 – yilda Toshkent moliya instituti va Malayziyaning Binary University qo‘shma fakulteti, “Moliya va buxgalteriya hisobi” magistr bosqichini tamomlagan. 2021–yildan Toshkent Xalqaro Kimyo universiteti, “Moliya va biznes boshqaruvi” kafedrasi o‘qituvchisi, 2022–yildan Toshkent Xalqaro Kimyo universiteti, “Moliya” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida mehnat faoliyatini yuritib kelmoqda. 2022–yildan h.v. – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil tadqiqotchisi (PhD). Ilmiy faoliyati davomida 1ta darslik, 1ta o‘quv qo‘llanma, 1ta o’quv-uslubiy qo’llanma va bir qancha ilmiy maqola hamda tezislar muallifi.

Ismoilova Kutlibeka
Ismoilova Kutlibeka
Katta o'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: Kapital tuzilmasi, moliyaviy menejment, foiz stavkalari, korporativ baholash, qimmatli qog‘ozlarni baholash, portfel investitsiyalari. Ilmiy yo‘nalish: Moliya, pul muamalasi, kredit (08.00.07) Biografiya 2021 – hozirgacha: Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetining “Moliya” kafedrasida “Investitsiyalar” va “Moliyaviy menejment” fanlari bo‘yicha katta o‘qituvchi. 2019 – 2021: Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti (oldingi — Toshkent Moliya Instituti) magistratura bosqichi, mutaxassislik — “Xalqaro moliya”. 2015 – 2019: Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti (oldingi — Toshkent Moliya Instituti) bakalavriat bosqichi, mutaxassislik — “Bank ishi”.

Yovqochev Sherzod
Yovqochev Sherzod
Dotsent

Ilmiy qiziqishlari: xalqaro moliya institutlari Ilmiy yo‘nalish: Jahon iqtisodiyoti (08.00.09) Biografiya 2025-yildan buyon Kimyo xalqaro universitetida faoliyat olib boradi. 2013-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining bakalavr bosqichini, 2015-yilda magistratura bosqichini tamomlagan. 2023-yildan falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega. 2015–2022-yillar mobaynida “Asia Trans Gas” qo‘shma korxonasida tarjimon, buxgalter va yetakchi moliya mutaxassisi lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2022–2023-yillarda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati loyihalar ofisida moliyaviy tahlilchi lavozimida ishlagan. 2023–2025-yillar oralig‘ida “SQB” ATBda biznes tahlil, strategik rivojlanish, investitsion bank ishi va xazina treyding bo‘limlarida boshqarma boshlig‘i sifatida faoliyat olib borgan. Monografiya hamda 30 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi.

Mirsobitov Mirziyod
Mirsobitov Mirziyod
Katta o'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: Soliqlar va soliqqa tortish Ilmiy yo‘nalish: Soliqlar (08.00.07) Biografiya 2017- yilda Toshkent moliya instituti, “Soliq va soliqqa tortish” bakalavr yo’nalishi, 2019-yil Toshkent davlat iqtisodiyot unversiteti , Soliq va soliqqa tortish magistr bosqichini tamomlagan. 2023-yildan Toshkent Xalqaro Kimyo universiteti, “Moliya” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida mehnat faoliyatini yuritib kelmoqda. 2020–yildan h.v. – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil tadqiqotchisi (PhD). Ilmiy faoliyati davomida 10 ta o’quv-uslubiy qo’llanma va bir qancha ilmiy maqola hamda tezislar muallifi.

Normuradov Xamidulla Murodillayevich
Normuradov Xamidulla Murodillayevich
Dotsent

Ilmiy qiziqishlari: Mikromoliyalashtirish, kambag’allik bilan kurashish, inklyuziv o‘sish Ilmiy yo‘nalish: Moliya, pul muomalasi va kredit (08.00.07) Biografiya 2023-o’quv yilidan boshlab Xamidulla Normuradov Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetida faoliyat yuritmoqda. Hozirda "Moliya" kafedrasida dotsent v.b. sifatida ishlamoqda. Xamidulla Toshkent Davlat Iqtisodiy Universitetida "Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari" yo‘nalishi bo‘yicha magistraturani (2005 y.) va Germaniyadagi Frayburg Universitetida "Moliya" yo‘nalishi bo‘yicha magistraturani (2007 y.) tamomlagan. 2023 yilda "O‘zbekistonda inkluziv o‘sishni ta’minlashda mikromoliyalashtirish tizimini takomillashtirish" mavzusi bo‘yicha PhD dissertatsiyasini himoya qildi. Normuradov Xamidulla xalqaro tashkilotlarda (UNDP, EBRD, OECD), ilm-fan va ta’lim sohasida (Qarshi Davlat Universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Ma’muriyati qoshidagi Iqtisodiy Tadqiqotlar va Islohotlar Markazi), shuningdek xususiy sektorda (Green Agro Invest MCHJ, Wachtel GmbH QK) ko‘p yillik tajribaga ega. U bir monografiya va 30 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislarning muallifligiga ega.

Click to link to download - include a link to the PDF!

Click to link to download - include a link to the PDF!

  • Dars jadvallari
  • Intranet
  • Intranet (Sirtqi taʼlim)
  • Kutubxona
  • E-pochta
  • Talabalar baholari
  • Talabalarning davomati
  • Davomat
  • ул. Шота Руставели, 156, 100121 Ташкент
  • +998 78 129 40 40
  • info@kiut.uz

Copyright © 2024 KIUT. All rights reserved

facebook twitter linkedin linkedin instagram