• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
  • facebook icon
  • telegram icon
  • linkedin icon
  • youtube icon
  • instagram icon
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet arrow icon

    Universitet

    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    • KIUT Shop
    • Talabalar uyushmasi
    • Kafedralar
    • Bo'limlar
  • Dasturlar arrow icon

    Dasturlar

    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    • Muhandislik maktabi
    • Biznes va moliya maktabi
    • Taʼlim maktabi
    • Sanʼat maktabi
    • Tibbiyot maktabi
  • Qabul arrow icon

    Qabul

    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Koʻp beriladigan savollar
    • Qabul Toshkent shahri
    • Qabul Namangan shahri
    • Qabul Samarqand shahri
    • MBA AlmaU
  • Tadqiqot arrow icon

    Tadqiqot

    • Ilmiy kengash
    • Axborot - resurs markazi
    • Malakaviy imtihon
    • Doktorantura
    • Innovatsion markaz
    • Ilmiy boʻlim
    • Konferentsiyalar to'plami
    • Ilmiy jurnallar
  • Filiallar arrow icon

    Filiallar

    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar
  • en
  • ru

Kafedralar

  1. Bosh Sahifa
  2. Universitet
  3. Kafedralar

“Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi

Mashinasozlik texnologiyasi - mashina qismlari, texnologik asbob-uskunalar, mashinasozlik jihozlari va mahsulotlarni yig'ish uchun texnologik jarayonlarni nazariy tadqiq qilish, loyihalash va takomillashtirish bilan shug'ullanadigan tarmoq. Bunga texnik hisob-kitoblar, materiallar va ularni qayta ishlash usullarini tanlash, sifat nazorati, qismlarni tayyorlash va ulash qismlari va agregatlarini tayyorlash usullari, xususan, mashinasozlik sexlarini va umuman korxonalarni loyihalash, shuningdek, ular uchun ishlab chiqarishni tashkil etish kiradi.

Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetining “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi 2020 yilda «Mechanical Engineering», «Lift Engineering», «Mechatronics Systems Engineering» ta’lim yoʻnalishlari talabalari uchun ixtisoslashtirilgan, bitiruvchi kafedra sifatida tashkil etilgan.

Kafedra professor-o’qituvchilari mashinasozlik, gidravlika, mexatronika, avtomatizasiya, dasturlash, muhandislik grafikasi, 3 o’lchamli modellashtirish kabi sohalar mutaxassislari hisoblanishadi va «Renewable Energy», «Electrical Engineering», «Mechanical Engineering», «Mechatronics Systems Engineering», «Lift Engineering», «Information Systems Engineering» bakalavr ta’lim yo’nalishlari talabalariga mutaxassislik fanlaridan dars berishadi. 

“Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi Energetika va muqobil energiya, elektrotexnika, lift muhandisligi sohalarida faoliyat yurituvchi davlat va nodavlat tashkilotlari bilan yaqindan aloqalar o’rnatgan. “TEXNOPARK” MCHJ, “TOSHAFUS” MCHJ, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti kabi tashkilotlarda kaferdraning filiallari tashkil etilgan. Kafedra filiallarida texnik yo’nalishlar talabalari uchun laboratoriya va amaliy darslar, hamda tashkilotlar mutaxassislari bilan birgalikda ilmiy-izlanish ishlari, innovasion va amaliy loyihalar ustifa ishlar olib boriladi. 

Akmal Rustamov
Akmal Rustamov
Kafedra Mudiri

2021-yildan Toshkent Kimyo xalqaro universiteti “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritadi. Ilmiy faoliyat sohalari: Mashinasozlik, Elektrotexnika, Mexatronika. Akmal Rustamov ko‘plab ilmiy grantlar (TEMPUS, ERASMUS va EDISU)larga rahbarlik qilgan. U Italiya mashinasozlik muhandislari jamiyati va avtomobil muhandislari jamiyati a'zosi. Hozirgi kunga qadar xalqaro va respublika miqyosidagi 25 ta ilmiy-amaliy, ilmiy-texnik anjuman va seminarlarda, jumladan, 10 ta xalqaro va 12 ta respublika anjumanlarida chop etilgan, hamda 3 ta ixtiroga patent guvohnomasi olingan.

Ismoilov Odilbek Rahimboyevich
Ismoilov Odilbek Rahimboyevich
Dotsent

Ilmiy qiziqishlari: ichki yonuv dvigatellari, alternativ yonilg‘ilar, vodorod aralashmali yonilg‘ilar, CAD-CAE, rapid prototyping (tez prototiplash), yashil transport texnologiyalari. Ilmiy yo‘nalishi: Gazsimon va boshqa alternativ yonilg‘ili dvigatellarda vodorod aralashmasidan foydalanishning texnik-iqtisodiy samaradorligi tahlili. Biografiya: 2022 yildan Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi o‘qituvchisi. Asosiy tadqiqot yo'nalishlari – Alternativ yonilg‘ili ichki yonuv dvigatellarida vodorod aralashmasidan foydalanish; ichki yonuv dvigatellari; yashil transport va yashil transport texnologiyalari, CAD-CAE, rapid prototyping (tez prototiplash). Odilbek Ismailov, Toshkent avtomobil va yo‘llar instituti “Avtomobil transporti” fakulteti talabasi. Avtotraktor dvigatellari kafedrasida “Issiqlik dvigatellari” ixtisosligi aspirant, Muhandislik va kompyuter grafikasi kafedrasi assistenti, katta o‘qituvchisi, kafedrasi mudiri lavozimlarida ishladi. Bir nechta halqaro loyihalarda loyihalarida ishtirok etgan.

Yusupov Sarvarbek
Yusupov Sarvarbek
Dotsent

2022 yil Sentabr oyidan buyon Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi Ph.D., dotsenti, lavozimida ishlab kelmoqda. Asosiy tadqiqot yo‘nalishlari – Avtomobil muhandisligi; Avtomobil mexatronikasi; Intellektual transport tizimlari. Yusupov Sarvarbek 2006 yili Andijon muhandislik va iqtisodiyot institutini “Avtomobil servisi” mutaxassisligini tamomlagan. Andijon mashinasozlik institutida pedagogik faoliyatini shakllantirgan. Faoliyati davomida xalqaro loyihalarida muvafaqqiyatli qatnashib, Germaniya, Xitoy, Yaponiya, Ruminiya, Italiya va Hindistonda pedagogik va ilmiy bilimlarini xorij tajribalari asosida oshirgan. 2020-2022 yillari Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika univesritetini 05.08.06-“G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi bo‘yicha tamomlab, “Innovatsion intellektual transport tizimlarini mahalliy sharoitda sinergiyasini asoslash” mavzusida texnika fanlar bo‘yicha falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasini olgan.

Otabek Mirzaxmedov
Otabek Mirzaxmedov
Katta o'qituvchi

2021 yildan Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universitetining Mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi katta o'qituvchisi. Ratsional Mexanika va materiallarning mustahkamligi asoslarini o'rgatadi. Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida qurilish muhandisligi bo'yicha bakalavr va Germaniyaning Bochum shahridagi Rur universitetida hisoblash muhandisligi bo'yicha magistr darajasiga ega. Tadqiqot yo'nalishlariga konstruksiyalar dinamikasi, konstruksiya muhandisligi va dasturlash kiradi. Ushbu sohalarga bag'ishlangan bir nechta tadqiqot va sanoat bilan bog'liq loyihalarda qatnashgan.

Abduvaxobov Azimjon
Abduvaxobov Azimjon
Katta o'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: gidromexanika, elektrotexnika, pnevmatika, muqobil energiya manbalari. Ilmiy yo‘nalish: 05.09.07 - Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi Biografiya 2022 yildan buyon Toshkent Kimyo xalqaro universiteti “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasida katta o’qituvchi lavozimida faoliyat yuritib keladi. Hozirgi kunda “Shamol energiyasidan foydalangan holda energiya tejamkor suv ko’tarish texnologiyasini modellashtirish” mavzusida mustaqil izlanish olib bormoqda va shu ilmiy izlanish mavzusiga oid mahalliy va xalqaro jurnallarda chop etilgan maqolalar muallifidir. Talabalarga “Amaliy Elektr asoslari”, “Boshlang’ich mexanika”, “Avtomobil dizayn asoslari” kabi fanlardan dars berib kelmoqda. 2021 - yil dekabr oyidan 2022 - yil avgust oyida qadar Namangan shahrida joylashgan “UzChasys” MChJ korxonasida Xarid bo’limi bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan. 2017 -yil noyabr oyidan 2018 -yil avgust oyiga qadar Toshkent shahridagi “Dacros” MChJ korxonasida loyiha boshqaruvchi yordamchisi lavozimida faoliyat olib borgan.

Muxitdinov Otabek
Muxitdinov Otabek
Dotsent

2023 yildan Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. 2024-yilda Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universiteti dotsenti unvonini oldi. Texnika fanlari doktori, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida muhandislik texnologiyasi bo‘yicha bakalavr va Turin politexnika universitetida mashinasozlik bo‘yicha magistr darajasi, Turin, Italiya. Bir qancha monografiya va ilmiy maqolalar muallifi, kitoblar, izohli ilmiy-texnik lug‘atlar muharriri. U O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib Dassault Systemes kompaniyasidan Associate darajasida mexanik dizayn bo‘yicha sertifikat oldi. U akkreditatsiyadan o'tgan SOLIDWORKS o'qituvchisi sifatida ham sertifikatlangan. U bir qancha Erasmus loyihalarida faol ishtirok etgan.

Lazizjon Mahmudov
Lazizjon Mahmudov
Dotsent

Ilmiy qiziqishlari: Dasturlash va avtomatlashtirish tizimlari, Arduino asosidagi loyihalar, robototexnika, kompyuter injiniring va sun’iy intellekt texnologiyalari. Ilmiy yo‘nalishi: Arduino va sensor tizimlari orqali ma’lumotlarni yig‘ish hamda ularni big data tahlili yordamida tahlil qilish asosida avtomatlashtirilgan tizimlarning samaradorligini oshirish. Biografiya: 2023 – 2024 yilgacha Renewable energy MCHJ da Muhandis loyhachi, 2024-2025 yilgacha “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi ish yurituvchisi, 2025 yil so’ngidan “Energetika va amaliy fanlar” kafedrasi o’qituvchisi. Asosiy tadqiqot yo'nalishlari – Arduino va sensor tizimlari orqali ma’lumotlarni yig‘ish hamda ularni big data tahlili yordamida tahlil qilish asosida avtomatlashtirilgan tizimlarning samaradorligini oshirish. Mahmudov Lazizjon, Toshkent Kimyo xalqaro universiteti “muqobil energiya” fakulteti talabasi. “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi “mexatronika va robototexnika” ixtisosligi magistranti, “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi ish yurituvchisi, “Energetika va amaliy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi, lavozimlarida ishlab kelmoqda. Bir nechta halqaro loyihalarida ishtirok etgan.

Gavhar Miradullayeva
Gavhar Miradullayeva
Dotsent

Ilmiy qiziqishlari: Materialshunoslik. Yangi materiallar texnologiyasi Ilmiy yo‘nalish: Mashinasozlikda materialshunoslik (05.02.01) Qora , rangli, kamyob metallar metallurgiyasi. Biografiya: 2024 yildan buyon Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universitetida ishlab kelmoqda. Texnika fanlari doktori (PhD). U quyidagi yo‘nalishlarda ixtisoslashgan: “Mashinasozlikda materialshunoslik”, “Quymachilik”, “Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish”, “Qora , rangli, kamyob metallar metallurgiyasi”, (Toshkent davlat transport universiteti). 2015-2018 yillar mobaynida Toshkent davlat texnika universiteti “Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi” kafedrasida assistant bo‘lib ishlagan. 2018-2020 yillarda Toshkent davlat texnika universiteti “Materialshunoslik” kafedrasi tayanch doktoranti bo’lib ilmiy faoliyat olib borgan. 2021-2022 yillarda Toshkent davlat transport universiteti “Materialshunoslik va mashinasozlik” kafedrasi assistenti, 2022-2024 yillarda Toshkent davlat transport universiteti “Materialshunoslik va mashinasozlik” kafedrasi dotsenti lavozimlarida ishlagan. Bitta monografiya, bir qancha oʻquv qoʻllanmalar, 2 ta ixtirolar, ilmiy maqolalar muallifi.

Ziyamuxamedova Umida
Ziyamuxamedova Umida
Professor

Texnika fanlari doktori Ilmiy faoliyati - Materialshunoslik, geterokompozit materialar asosida kompozitsion va nanomateriallar texnologiyasi bo‘yicha. O‘zbekiston Respublikasi miqyosida: Toshent davlat transport universiteti xuzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSs 15/27.02.2020.T.73.02 raqamli ilmiy kengash, xamda Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04 raqamli ilmiy kengash a’zosi. Xalqaro miqyosida: Shrinagar milliy texnologiya instituti (Shrinagar, Xindiston) va Karabyuk universiteti (Karabyuk, Turkiya) PhD dissertatsiyalari bo‘yicha attestatsiya kommissiyasi a’zosi. Shu bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi ekspert gurixi a’zosi va Innovatsion va rivojlanish vazirligining ilmiy-texnik kengashi a’zosi.

Click to link to download - include a link to the PDF!

ERASMUS-EDU-2022-CBHE-STRAND-2  

Coordinator: Akmal Rustamov
Sarlavha: O'zbekistonda tibbiyot muhandisligi yo'nalishi bo'yicha yangi magistratura va malaka oshirish kurslari dasturlari
Annotatsiya
Loyiha Oʻzbekistonda tibbiy asboblarni oʻrnatish, texnik xizmat koʻrsatish va boshqarish boʻyicha mutaxassislar yetishmasligini bartaraf etishga qaratilgan. Loyihaning asosiy maqsadi jahon bozori talablariga va Yevropa Ittifoqining ilg‘or tajribalariga javob beradigan innovatsion o‘quv dasturlari orqali O‘zbekistonda yangi tibbiy texnologiyalardan foydalangan holda tibbiyot muhandisligi yo‘nalishi bo‘yicha magistratura va malaka oshirish kurslarini ishlab chiqishdan iborat. 

Loyihaning vazifalari: 

  • Standartlar va o'quv dasturlari, kurslar, o'qitish usullari va materiallarini ishlab chiqish; 
  • Yangi to'rtta o'quv kurslarini ishlab chiqish va joriy etish; 
  • yangi avlod qo‘llanmalarini ishlab chiqish va nashr etish; 
  • Laboratoriyalar, hududiy o‘quv markazlari va tibbiyot muhandislari jamiyatini tashkil etish; 
  • O'quv dasturlari, materiallar va usullarni sinovdan o'tkazish, moslashtirish va akkreditatsiya qilish; 
     
  • Dars jadvallari
  • Intranet
  • Intranet (Sirtqi taʼlim)
  • Kutubxona
  • E-pochta
  • Talabalar baholari
  • Talabalarning davomati
  • Davomat
  • ул. Шота Руставели, 156, 100121 Ташкент
  • +998 78 129 40 40
  • info@kiut.uz

Copyright © 2024 KIUT. All rights reserved

facebook twitter linkedin linkedin instagram