Energetika – bu insonning iqtisodiy faoliyati sohasi, barcha turdagi energiya resurslarini o'zgartirish, taqsimlash va ulardan foydalanishga xizmat qiluvchi yirik tabiiy va sun'iy quyi tizimlar to'plami. Uning maqsadi birlamchi, tabiiy energiyani ikkilamchisiga, masalan, elektr yoki issiqlik energiyasiga aylantirish orqali energiya ishlab chiqarishni ta'minlashdir.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda energetika sohasini takomillashtirishga e’tibor unchalik katta bo‘lmagan. Aholi soni ko’payishi, sanoat va ishlab chiqarishning keskin rivojlanishi natijasida energiyaga bo‘lgan ehtiyoj ham sezilarli darajada oshdi.
Sanoat rivojida muqobil va qayta tiklanadigan energiya alohida o‘rin tutadi.
Energetika, muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbaalari sohalarida yuqori malakali mutaxassislarga talab nafaqat O’zbekiston, balki butun dunyoda oshib borayotganligini inobatga olgan holda, 2018 yil Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetida “Renewable Energy” bakalavr ta’lim yo’nalishi, hamda “Energetika va amaliy fanlar” kafedrasi tashkil qilindi. “Energetika va amaliy fanlar” kafedrasi “Renewable Energy” va “Electrical Engineering” bakalavr ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun mutaxassislik kaferdasi hisoblanadi.
Kafedra professor-o’qituvchilari Energetika, elektrotexnika, mexatronika, avtomatizasiya, dasturlash kabi sohalar mutaxassislari hisoblanishadi va «Renewable Energy», «Electrical Engineering», «Mechanical Engineering», «Mechatronics Systems Engineering», «Lift Engineering», «Information Systems Engineering» bakalavr ta’lim yo’nalishlari talabalariga mutaxassislik fanlaridan dars berishadi.
“Energetika va amaliy fanlar” kafedrasi Energetika va muqobil energiya, elektrotexnika, lift muhandisligi sohalarida faoliyat yurituvchi davlat va nodavlat tashkilotlari bilan yaqindan aloqalar o’rnatgan. “TEXNOPARK” MCHJ, “TOSHAFUS” MCHJ, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti kabi tashkilotlarda kaferdraning filiallari tashkil etilgan. Kafedra filiallarida texnik yo’nalishlar talabalari uchun laboratoriya va amaliy darslar, hamda tashkilotlar mutaxassislari bilan birgalikda ilmiy-izlanish ishlari, innovasion va amaliy loyihalar ustifa ishlar olib boriladi.
Kafedraning ichki raqami: ( 183 - 144 )
Ilmiy qiziqishlari: CAD/CAE/CAM tizimlari; Elektr texnikasi va elektr mashinalari; Avtomobilsozlik.. Ilmiy yo‘nalish: 05.08.06, G’ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ekspluatatsiya qilish Biografiya 2020-yildan buyon Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetining “Energetika va amaliy fanlar” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritmoqda. Uning asosiy ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari CAD/CAE/CAM tizimlari, elektr texnikasi va elektr mashinalari, hamda avtomobilsozlik sohalarini qamrab oladi. Toshkent Avtomobil Yo‘llar Instituti magistri bo‘lib, “Avtomobil mashinasozligi” mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan. Shuningdek, o‘zining akademik bilim va tajribasini Turindagi Politexnika Universitetining Toshkent filiali hamda Italiyadagi Politecnico di Torinoda ilmiy tadqiqotchi sifatida chuqurlashtirgan. U O‘zbekistonda ta’lim va sanoat sohalarida mashinasozlik hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalariga yo‘naltirilgan bir nechta innovatsion loyihalarga rahbarlik qilib, ularni muvaffaqiyatli amalga oshirgan. Shuningdek, u Siemens PLM, Dassault Systèmes va Hexagon MI kompaniyalari bilan hamkorlikdagi turli loyihalarda ishtirok etgan.
Ilmiy qiziqishlari: Gidravlik jarayonlarni tadqiq qilish, suv resurslarini samarali boshqarish va gidrotexnik tizimlarni takomillashtirish.. Ilmiy yo‘nalish: Gidravlika va suv xo‘jaligi tizimlarini modellashtirish hamda optimallashtirish yo‘nalishida tadqiqotlar olib borish. Biografiya Texnika fanlari doktori. 2022 yildan Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti professori. Tadqiqotning asosiy yo'nalishi – Gidravlikadir. 40 yildan ortiq pedagogik tajribaga ega. 250 dan ortiq ilmiy maqola chop etgan. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti qoshidagi irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti suv xo’jaligi iqtisodiyoti va tizimini takomillashtirish laboratoryasi yetakchi ilmiy xodimi. Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tatqiqot institute gidrotexnika va melioratsiyada gidrodinamika jarayonlarini modellashtirish laboratoriyasi yetakchi ilmiy xodimi.
Ilmiy qiziqishlari: matematik modellashtirish, nochiziq dinamika, qayta aloqa boshqaruvi, xaosni boshqarish. Ilmiy yo‘nalish: 05.01.07 – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmu‘i. Biografiya 2022-yildan boshlab Toshkentdagi Kimyo Xalqaro universitetida faoliyat yuritadi. Texnika fanlari doktori (DSc). “Mexanika”, “Amaliy matematika”, “Matematik modellashtirish” yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassis (O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti). 2004-yildan 2022-yilgacha Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Dasturiy mahsulotlar va apparat-dasturiy majmualar yaratish markazida katta ilmiy xodim lavozimida ishlagan. U 3 ta monografiya, 2 ta o‘quv qo‘llanma va 200 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi
Ilmiy qiziqishlari: mashinasozlik, mashinasozlikda materialshunoslik. Ilmiy yo‘nalish: Texnologik mashinalar va jihozlar (sovutish va kriogen texnika), metallurgiya mashinalar va jihozlardan foydalanish va ta'mirlash Biografiya 2022-yilda u Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida ish boshladi. U texnologik mashinalar va jihozlar (sovutish va kriogenika texnika) hamda metallurgiya mashinalari va jihozlarini ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha ixtisoslashgan. 2020-yildan 2021-yilgacha u Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Nazariy mexanika va MMN kafedrasida o'qituvchi stajyor bo'lib ishlagan. 2021-yildan 2022-yilgacha u Toshkentdagi Belarus-O'zbekiston qo'shma tarmoqlararo amaliy texnik malaka institutida texnik fanlar kafedrasida o'qituvchi stajyor bo'lib ishlagan. M. Platoshina Toshkentdagi Belarus-O'zbekiston qo'shma tarmoqlararo amaliy texnik malaka institutida 05.02.01 — "Mashinasozlikda materialshunoslik, quyish ishlab chiqarish/ issiqlik bilan ishlov berish va metallni shakllantirish, qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi" ixtisosligi bo'yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilayotgan mustaqil tadqiqotchi. U "Fazali o'zgarishlarning uglerodli va legirlangan po'latlarning bardoshligiga ta'siri" mavzusidagi dissertatsiya ustida ishlamoqda. M. Platoshina 40 ta ilmiy ishlarni, jumladan, 6 ta uslubiy qo'llanma nashr etgan.
Tadqiqot yo‘nalishlari: Termodinamika, suyuqliklar mexanikasi va dinamikasi, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, geotermal energiya qo‘llanmalari, zamonaviy isitish tizimlari. Ilmiy yo‘nalish: 05.02.03 – Texnologik mashinalar, robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari. Biografiya: U 2013–2017-yillarda Toshkent shahridagi “Turin Politexnika Universiteti (TTPU)”da mexanika muhandisligi yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini tamomlagan. 2018–2021-yillar davomida Italiyadagi “Politecnico di Torino (POLITO)” da tahsil olib, Mexanika muhandisligi fakultetida magistr darajasini qo‘lga kiritgan. 2021-yildan buyon u Kimyo xalqaro universitetining Energy and Applied Sciences kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritadi.2022-yildan buyon u Kimyo xalqaro universitetida 05.02.03 – Texnologik mashinalar, robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari yo‘nalishi bo‘yicha mustaqil tadqiqotchi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Uning ilmiy qiziqishlari va mutaxassisligi doirasiga muhandislik termodinamikasi, qayta tiklanuvchi energiya texnologiyalari, gidravlik va pnevmatik kuch uzatish tizimlari hamda mexanika muhandisligining boshqa yo‘nalishlari kiradi. Akademik faoliyatidan tashqari, u Universal Alliance kompaniyasida muhandis-texnolog sifatida ishlaydi va sanoat jarayonlarini takomillashtirish hamda mexanik tizimlarni optimallashtirishga hissa qo‘shadi. U bir nechta ilmiy maqolalar muallifi bo‘lib, Erasmus+ kabi mahalliy va xalqaro loyihalarda ishtirok etgan.
2023-yil fevraldan Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universiteti (KIUT) Energetika va amaliy fanlar kafedrasi xodimi. Asosiy yo'nalishlari - CAD/CAM tizimlari; elektrotexnika va elektr mashinalari muhandisligi, Toshkent Kimyo xalqaro universiteti “Muqobil energetika” yo’nalishi bakalavr, Toshkent Kimyo xalqaro universiteti “Mexatronika va Robota texnika” fakulteti magistranti bo’lib o’qishni davom ettirmoqda. Universitetda amalga oshirilgan Muhandis D loyhasida va shunga o’xshash loyhalarda ishtirok etgan.
Ilmiy qiziqishlari: Mexanika, texnika, texnoligiya, mexanizasiya. Ilmiy yo‘nalish: Qishloq xo’jaligi va meliorasiya texnikalarini ishlatish, tiklash va ta’mirlash (05.07.02), O’zbekiston sharoitida ishlatiladigan istiqbolli g’ildirakli traktorlar motor moylarini eskirish jarayonini tadqiq qilish. Biografiya 2022 yil iyun oyidan buyon Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universitetida ilmiy bo’imda etakchi mutaxassis. 2024 yil sentyabr oyidan Energetika va amaliy fanlar kafedrasida katta o’qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. U quyidagi yo‘nalishlarda ixtisoslashgan: “Mashinasozlik texnologiyasi, Lift muhandisligi, Muqobil energiya, Elektrotexnika, Yo’l xarakatini boshqarish mutaxassisliklarini o’z ichiga oladi.2021 yil oktyabr -2022 yil may oyigacha Toshkent irrigasiya va qishloq xo’jaligini mexanizasiyalashi muhandislari instituti Milliy tadqiqotlar Universitetida EkoGIS markazida Yangi loyixalarni tadbiq qilish bo’yicha mutaxassis bo’lib ishlagan. 2009 yil iyun oyidan 2021 yil sentyabgacha Turin Politexnika Universitetida GM GMS loyihasi koordinatori lavozimida faoliyat olib borgan. 1992 yil sentyabrdan 2009 yil maygacha Toshkent irrigasiya va qishloq xo’jaligini mexanizasiyalashi muhandislari institute Traktor va avtomobillar kafedrasida assistent lavozimida ishlagan. “Motor moylarini ishlash resursini o’rganish” bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borib, ushbu soha bo‘yicha 30 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifidir.
Ilmiy qiziqishlari: yarimoʻtkazgiyali datchiklar, mikroelektronika, optoelektronika Ilmiy yo‘nalish: Yarimoʻtkazgiyalar fizikachi (01.04.10) Biografiya 2024-yildan buyon Toshkent Kimyo xalqaro universitetida ishlab kelmoqda. Texnika fanlari doktori (DSc). “Yarim o‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika” yo‘nalishi bo‘yicha ixtisoslashgan. 2006–2021-yillarda O‘zR FA Fizika-texnika institutida katta va yetakchi ilmiy xodim lavozimlarida ishlagan. 2021–2023-yillarda Toshkent shahridagi Moskva energetika instituti kafedra mudiri lavozimida ishlagan. 2023–2024-yillarda Yarim o‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot institutining tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritganman. Bir qator ixtirolar, ratsionalizatorlik takliflari va ilmiy maqolalar muallifi.
Ilmiy qiziqishlari: Mexatronika, robototexnika, sun’iy intellekt, energiya samaradorligi, raqamli ishlab chiqarish texnologiyalari. Ilmiy yo‘nalish: Intellektual boshqaruv tizimlari, qayta tiklanuvchi energiya texnologiyalari va sanoat avtomatlashtirishda raqamli egizak modellarini qo‘llash. Biografiya: 2024 yildan buyon Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti “Energetika va amaliy fanlar” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Uning ixtisoslik yo‘nalishlari: Mexatronika va robototexnika, mashinasozlik texnologiyasi, muqobil energiya, elektrotexnika hamda sanoat avtomatlashtirish. 2022–2024 yillarda raqamli egizak tizimlari va aqlli energiya boshqaruvi bo‘yicha ilmiy loyihalarda ishtirok etgan. Sun’iy intellekt asosida boshqaruv tizimlari va qayta tiklanuvchi energiya samaradorligi sohasida 25 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi va hammuallifidir.