• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
  • facebook icon
  • telegram icon
  • linkedin icon
  • youtube icon
  • instagram icon
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet arrow icon

    Universitet

    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    • KIUT Shop
    • Talabalar uyushmasi
    • Kafedralar
    • Bo'limlar
  • Dasturlar arrow icon

    Dasturlar

    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    • Muhandislik maktabi
    • Biznes va moliya maktabi
    • Taʼlim maktabi
    • Sanʼat maktabi
    • Tibbiyot maktabi
  • Qabul arrow icon

    Qabul

    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Koʻp beriladigan savollar
    • Qabul Toshkent shahri
    • Qabul Namangan shahri
    • Qabul Samarqand shahri
    • MBA AlmaU
  • Tadqiqot arrow icon

    Tadqiqot

    • Ilmiy kengash
    • Axborot - resurs markazi
    • Malakaviy imtihon
    • Doktorantura
    • Innovatsion markaz
    • Ilmiy boʻlim
    • Konferentsiyalar to'plami
    • Ilmiy jurnallar
  • Filiallar arrow icon

    Filiallar

    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar
  • en
  • ru

Kafedralar

  1. Bosh Sahifa
  2. Universitet
  3. Kafedralar

“Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasi

“Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasi universitetning iqtisodiyot sohasida mutaxassislar tayyorlovchi asosiy oʻquv-ilmiy boʻlinmasi boʻlib, 2021 yil avgust oyida tashkil etilgan. 

Kafedraning bosh maqsadi — “Bank ishi”, “Buxgalteriya hisobi va audit” va iqtisodiyotning boshqa ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha yuqori intellekt, zamonaviy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega bakalavr va magistrlarni tayyorlashdan iboratdir.

Kafedraning asosiy vazifalari:

  • ta’lim standartlariga muvofiq yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash;
  • zamon talablariga mos sifatli nazariy va amaliy bilim berish;
  • oʻquv, oʻquv-uslubiy, ilmiy-pedagogik ishlarni yuqori saviyada tashkil etish va amalga oshirish;
  • kafedra yoʻnalishi boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni samarali olib borish.  

Kafedradagi fanlar iqtisodiy ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv rejasiga muvofiq fanlar oʻzbek, rus va ingliz tilida olib boriladigan guruhlarda oʻqitiladi.   
    Darslar fanlar boʻyicha tasdiqlangan ishchi dastur (Sillabus) va dars jadvali asosida olib boriladi. Kafedra oʻqituvchilari tomonidan tayyorlagan oʻquv materiallari Mudl tizimiga joylashtiriladi. 
    Hozirgi kunda kafedrada 22 nafar professor-oʻqituvchilar faoliyat koʻrsatmoqda, ularning 8 nafari asosiy shtatda ishlamoqda. 
    Kafedra joylashuvi: A-bino, A-215-xona.

Dodiev Fozil Oʻtkurovich
Dodiev Fozil Oʻtkurovich
Kafedra Mudiri

Ilmiy qiziqishlari: Momitar siyosat, Tijorat banklarning investitsion faoliyat, Islom moliyasi Ilmiy yo‘nalish: Moliya, pul muomalasi va kredit. (08.00.07) Biografiya 2021-yildan boshlab “Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasining mudiri. Toshkent Kimyo xalqaro universiteti huzuridagi iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/04.2021.I.133.01 raqamli Ilmiy Kengash va mazkur kengash qoshidagi ilmiy seminar a’zosi. Shuningdek, Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Financial and Economic Sustainability” elektron jurnali tahririyatining a’zosi. Ilmiy faoliyatining sohasi – bank ishi, islom moliyasi, mikromoliyalashtirish, pul-kredit siyosati. Dodiyev Fozil Oʻtkurovich tomonidan 100 ortiq ilmiy-uslubiy ishlar e’lon qilingan. Xorijiy va mahalliy ilmiy loyihalarda ishtirok etgan.

Jumanazarov Sardorbek Abdullayevich
Jumanazarov Sardorbek Abdullayevich
Dotsent

Ilmiy qiziqishlari: Ilmiy yo‘nalish: Buhgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (08.00.08) Biografiya 2022 yil oktabrdan “Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasining dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari nashr etilgan. Hammualliflikda 3 ta darslik, 5 ta oʻquv qoʻllanma va 3 ta oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni chop etgan. Uning rahbarligida ikki nafar talaba Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindorlari, ulardan D.Xayrullayev Respublika fan olimpiadasida “Buxgalteriya hisobi va audit” fan yoʻnalishi boʻyicha 1-oʻrin sohibi boʻlgan.

Zunnunova Xulkar Muxtorovna
Zunnunova Xulkar Muxtorovna
Dotsent

Ilmiy qiziqishlari: tijorat banklarini tartibga solish tartibi, xalqaro bank ishi, islomiy bank ishi, risk menejmenti, raqamli bank ishi Ilmiy yo‘nalish: Moliya, pul muomalasi va kredit. (08.00.07) Biografiya 2025 yil iyul oyidan boshlab “Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasining dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida 40 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari nashr etilgan. 2 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 1 ta monografiya nashir etgan.

Djambakiyeva Gulnora Sayfutdinovna
Djambakiyeva Gulnora Sayfutdinovna
Dotsent

Ilmiy qiziqishlari: buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini o‘rganish, eng so‘nggi ma’lumotlar asosida o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va darsliklar yozish Ilmiy yo‘nalish: Buhgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (08.00.08) Biografiya 2022 yil sentyabr oyidan boshlab “Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasining v.b. dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari nashr etilgan. 2 ta darslik, 4 ta oʻquv qoʻllanma va 3 ta oʻquv qoʻllanma muallifi, 3 ta darslik hammuallifi.

Muxammedova Dilfuza Anvarovna
Muxammedova Dilfuza Anvarovna
Katta o'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: Ilmiy yo‘nalish: Buhgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (08.00.08) Biografiya 2022 yil sentyabr oyidan boshlab “Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasining dotsenti v.b lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida 60 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari nashr etilgan. Hammualliflikda 2 ta darslik, 5 ta oʻquv qoʻllanma va 3 ta oʻquv-uslubiy qoʻllanmalari chop etilgan.

Xakimov Sanjar Rustam o‘g‘li
Xakimov Sanjar Rustam o‘g‘li
Dotsent

Ilmiy qiziqishlari: Nodavlat notijorat tashkilotlari buxgalteriya hisobi va tahlilini takomillashtirish Ilmiy yo‘nalish: Buhgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (08.00.08) Biografiya 2022-yil sentabr oyidan boshlab “Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasining katta o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida 60 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari nashr etilgan.

G’ofurov Javohir Jaxongir o‘g‘li
G’ofurov Javohir Jaxongir o‘g‘li
Katta o'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: sindikatlashtirilgan kreditlar, lizing, kreditlar, alohida kredit turlari, xalqaro kreditlar. Ilmiy yo‘nalish: Moliya, pul muomalasi va kredit. (08.00.07) Biografiya 2022-yil sentyabr oyidan “Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasining katta o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida 20 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari nashr etilgan.

Akromov Shohrux Shuhrat o‘g‘li
Akromov Shohrux Shuhrat o‘g‘li
Dotsent

Ilmiy qiziqishlari: Auditorlik faoliyatida riksni va muhimlik darajalarini to’g’ri aniqlash, Boshqaruv hisobi, Moliyaviy hisob, Ilmiy yo‘nalish: Buhgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (08.00.08) Biografiya 2025 yil aprelidan oyidan boshlab “Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasining v.b. dotsent lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida 20 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari nashr etilgan. 1 ta oʻquv qoʻllanma chop etilgan.

Davlatova Sitorabonu Uyg‘un qizi
Davlatova Sitorabonu Uyg‘un qizi
Katta o'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: Ilmiy yo‘nalish: Moliya, pul muomalasi va kredit. (08.00.07) Biografiya 2024 yil noyabr oyidan “Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasining katta o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida 10 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari nashr etilgan.

Bobobekov Farxod Rustamovich
Bobobekov Farxod Rustamovich
Dotsent

Ilmiy qiziqishlari: O’zbekistonda factoring amaliyotini rivojlantirish, iqtisodiyotni boshqarishda monitar tizmidan foydalanish instrumentlari, tijorat banklarida resurs jalb qilishdagi muammolarni o’rganish Ilmiy yo‘nalish: Moliya, pul muomalasi va kredit. (08.00.07) Biografiya 2023 yil yanvar oyidan boshlab “Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasining v.b. dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida 20 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari nashr etilgan.

Ishonqulov Nizamjon Fayzullayevich
Ishonqulov Nizamjon Fayzullayevich
Dotsent

2023 yil fevraldan “Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasining dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyatining sohasi –– Buxgalteriya hisobi va Iqtisodiy tahlil. Ilmiy faoliyati davomida 40 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari nashr etilgan. Hammualliflikda 3 ta darslik, 2 ta oʻquv qoʻllanma va 7 ta oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni chop etgan. Uning rahbarligida bir nafar talaba (B.Sanaqulova) Prezident stipendiyasi sovrindori, ikki nafar talaba (U.Pardayev va S.Axmedov) Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindorlari boʻlgan. Shuningdek, uning ilmiy rahbarligida 2 nafar iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) tayyorlangan va himoya qilingan.

Rizayev Nurbek Qadirovich
Rizayev Nurbek Qadirovich
Professor

Ilmiy qiziqishlari: Intelektual mulk obyektlari hisobi va tahlili, Suniy intelekt hisobi, Global innovatsion indekslar Ilmiy yo‘nalish: Buhgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (08.00.08) Biografiya 2024 yildan Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. “Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida 200 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop etilgan (10 tasi xorijiy jurnallarda, shu jumladan 4 tasi xalqaro “Scopus” maʼlumotlar bazasida). U bilan hamkorlikda 4 ta darslik, 5 ta oʻquv qoʻllanma, 10 ta oʻquv-metodik qoʻllanmalar nashr etilgan.

Beknazarova Nilufar
Beknazarova Nilufar
Dotsent

Ilmiy qiziqishlari: Ilmiy yo‘nalish: Moliya, pul muomalasi va kredit. (08.00.07) Biografiya 2025 yil martidan “Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasining v.b.dots lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida 20 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari nashr etilgan.

Rasulova Zilola
Rasulova Zilola
O'qituvchi

Ilmiy qiziqishlari: Ilmiy yo‘nalish: Buhgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (08.00.08) Biografiya 2023 yil sentyabrdan “Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasining oʻqituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida 10 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari nashr etilgan

SHoalimov Anvar
SHoalimov Anvar
Dotsent

Ilmiy qiziqishlari: Ilmiy yo‘nalish: Moliyaviy tahlil, Iqtisodiy tahlil va Boshqaruv tahlili (08.00.08) Biografiya 2025 yil fevraldan “Bank ishi va buxgalteriya hisobi” kafedrasining i.f.n. dotsent lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari nashr etilgan.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI INNOVASION RIVOJLANISH AGENTLIGI AMALIY LOYIHASI  

Loyiha rahbari: Fozil Dodiev 
Nomi:  O‘zbekistonda aholi kambag‘alligini aniqlashning interaktiv shakldagi elektron platformasini yaratish

Annotasiya

Loyiha O‘zbekistonda kambag‘allikni aniqlashning yangicha mezoni ishlab chiqishga qaratilgan. Loyihaning asosiy maqsadi yangicha mezonlar asosida kambag‘allikni aniqlashning interaktiv shakldagi elektron platformasini yaratish va amaliyotga joriy qilinshdan iborat. 

Loyihaning vazifalari:

  •     O‘zbekiston aholisining turmush darajasini tahlil etish asosida kambag‘allik ko‘lamini aniqlashning yangi mezonlarini ishlab chiqish;
  •     Aholining kambag‘al qatlamini aniqlash bo‘yicha tanlama kuzatuv o‘tkazishning so‘rovnomasini ishlab chiqish va uni shahar hamda qishloq sharoitida amalga oshirish; 
  •     Aholi daromadlari va xarajatlarini o‘rganish natijasida O‘zbekistonda kambag‘allikning kelib chiqishi sabablarini aniqlash;
  •     Kambag‘allik darajasiga davlat ta'sirining usul va shakllarini takomillashtirish; 
  •     Kambag‘allikni qisqartirish mexanizmini taklif etish.

Click to link to download - include a link to the PDF!

  • Dars jadvallari
  • Intranet
  • Intranet (Sirtqi taʼlim)
  • Kutubxona
  • E-pochta
  • Talabalar baholari
  • Talabalarning davomati
  • Davomat
  • ул. Шота Руставели, 156, 100121 Ташкент
  • +998 78 129 40 40
  • info@kiut.uz

Copyright © 2024 KIUT. All rights reserved

facebook twitter linkedin linkedin instagram