Moliya
Toshkent Kimyo xalqaro universitetining Moliya yo‘nalishi talabalarni zamonaviy moliya tizimida samarali faoliyat yurita oladigan yuqori malakali mutaxassis sifatida tayyorlaydi.
Ushbu yo‘nalishda talabalar moliyaviy resurslarni boshqarish, investitsiyalar, bank operatsiyalari, sug‘urta, korporativ moliya, iqtisodiy tahlil va moliyaviy risklarni boshqarish kabi muhim yo‘nalishlarni chuqur o‘rganadilar.
Ta’lim jarayonida talabalar strategik moliyaviy qarorlar qabul qilish, kapital bozorlarini tahlil qilish, moliyaviy rejalashtirish va iqtisodiy jarayonlarni boshqarish bo‘yicha zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
Xalqaro imkoniyatlar
Moliya yo‘nalishi talabalari universitetning xalqaro hamkorlik dasturlari orqali xorijda o‘qish va tajriba almashish imkoniyatiga ega.
Hamkor universitetlar qatorida:
Varna University of Management, Riga Technical University, Istanbul Aydın University, INTI International University, Edith Cowan University, Gachon University, Daegu University, Sungshin Women's University, Eurasian Technological University, Suncheon National University va Cheongju University mavjud.
Talabalar uchun:
- 2+2 dasturlari
- exchange dasturlari
- winter school
- summer school
- xorijda o‘qish va amaliyot imkoniyatlari mavjud
Bugungi kunga qadar Moliya, Bank ishi va Buxgalteriya hisobi yo‘nalishlarining 34 nafarga yaqin talabalari Varna University of Management, INTI International University hamda Janubiy Koreyaning bir qator universitetlarida tahsil olib, xalqaro akademik almashinuv dasturlarida qatnashmoqda.
Karyera imkoniyatlari
Bitiruvchilar quyidagi sohalarda faoliyat yuritishlari mumkin:
- investitsion banklar
- korporativ moliya
- risk-menejment
- moliyaviy rejalashtirish va tahlil (FP&A)
- aktivlarni boshqarish
- sug‘urta kompaniyalari
- ko‘chmas mulk sektori
- buxgalteriya hisobi
- savdo va sanoat korxonalari
- moliyaviy konsalting xizmatlari
- elektron tijorat va raqamli moliya tizimlari
Shuningdek, ular davlat tashkilotlari, xalqaro kompaniyalar, notijorat tashkilotlar va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ham muvaffaqiyatli faoliyat olib borishlari mumkin.
Mutaxassislik nomi: 60410400 — Moliya
Kvalifikatsiya: Moliyachi-iqtisodchi
Yo‘nalish yutuqlari
Toshkent Kimyo xalqaro universitetida “Ipak yo‘li” banki bilan hamkorlikda Fintech Innovation markazi tashkil etilgan.
Shuningdek, universitet va O‘zbekistonning yetakchi moliyaviy tashkilotlaridan biri — Octobank o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan.
Bundan tashqari, Moliya, Bank ishi va Buxgalteriya hisobi yo‘nalishlari doirasida “Evolution” muzeyi tashkil etilgan bo‘lib, u talabalarning amaliy bilim va innovatsion fikrlashini rivojlantirishga xizmat qiladi.
“Moliya” yo‘nalishi bo‘yicha kirish imtihonlari matematika va ingliz tili fanlaridan test shaklida o‘tkaziladi.
IELTS sertifikati kamida 5,5 ballga ega bo‘lgan abituriyentlar ingliz tili fanidan kirish imtihonini topshirishdan ozod qilinadi va bu fan bo‘yicha maksimal ball qo‘yiladi.
Shuningdek, “Moliya” yo‘nalishi talabalari universitetga o‘qishga kirgandan so‘ng ta'lim tilini (ingliz, rus yoki o‘zbek) tanlashi mumkin bo‘ladi.