Stomatologiya
Ta’lim yo‘nalishi: 60910100 – Stomatologiya
Ta’lim muddati: 5 yil
Kvalifikatsiya: Shifokor-stomatolog
Stomatologiya yo‘nalishi bo‘yicha talabalar ilk bor 2022-yildan boshlab qabul qilinmoqda. Mazkur yo‘nalish tibbiyot ta’limi tizimidagi muhim va keng qamrovli yo‘nalishlardan biri bo‘lib, yuqori malakali stomatolog shifokorlarni tayyorlashga qaratilgan.
Qabul jarayonida abituriyentlar kimyo va biologiya fanlaridan imtihon topshiradilar. Shuningdek, milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar imtihonsiz o‘qishga tavsiya etilishi mumkin.
Yo‘nalishning maqsad va vazifalari
Dasturdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholiga sifatli stomatologik xizmat ko‘rsata oladigan, zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlashdir.
Asosiy vazifalar:
- fundamental va klinik bilimlarni shakllantirish;
- stomatologik kasalliklarni diagnostika qilish va davolash;
- profilaktika choralarini ishlab chiqish;
- og‘iz bo‘shlig‘i salomatligini mustahkamlash;
- ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish;
- kelajakdagi ixtisoslashuv uchun poydevor yaratish.
O‘quv rejasi haqida umumiy ma’lumot
Ta’lim 5 yil davom etadi va nazariy bilimlar bilan birga klinik amaliyotga katta e’tibor qaratiladi.
1–2-kurslar:
Asosiy fanlar: anatomiya, gistologiya, tibbiy biologiya, kimyo, biofizika, og‘iz bo‘shlig‘i anatomiyasi, lotin tili.
Amaliyot: simulyatsiya (manekenlarda).
3-kurs:
Fanlar: patologiya, farmakologiya, mikrobiologiya.
Amaliyot: tishlarga ishlov berish, plomba asoslari.
4-kurs:
Klinik stomatologiya fanlari (terapevtik, jarrohlik, ortopedik, ortodontiya).
5-kurs:
Mustaqil ishlashga tayyorgarlik, klinik amaliyot.
Yakun: davlat attestatsiyasi va diplom.
Xalqaro hamkorlik va ta’lim dasturlari
Hamkor universitetlar:
- Necmettin Erbakan University
- Istanbul Aydin University
- Soonchunhyang University
- Salymbekov University
Talabalar exchange dasturlari va xorijda o‘qish imkoniyatlariga ega.
Natija va karyera imkoniyatlari
Bitiruvchilar:
- shifokor-stomatolog sifatida ishlaydi;
- stomatologik kasalliklarni diagnostika va davolaydi;
- profilaktik xizmatlar ko‘rsatadi.
Keyingi bosqichda:
- magistratura yoki klinik ordinatura;
- ilmiy faoliyat (PhD).
Raqamli stomatologiya ko‘nikmalari
Bitiruvchilar quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘ladi:
- elektron tibbiy hujjatlar bilan ishlash;
- rentgen va 3D tasvirlarni tahlil qilish;
- CAD/CAM texnologiyalaridan foydalanish;
- telemeditsina xizmatlarini amalga oshirish.
Faoliyat sohalari va diplom
Diplom: Bakalavr
Mutaxassislik: Shifokor-stomatolog
Bitiruvchilar:
- davlat va xususiy stomatologiya klinikalarida;
- shaxsiy amaliyotda;
- sog‘liqni saqlash tizimida faoliyat yuritadi.
Yo‘nalish yutuqlari
Talabalar respublika va xalqaro tanlovlarda yuqori natijalarga erishgan:
- 5 ta 1-o‘rin
- 15 ta 2-o‘rin
- 20 ta 3-o‘rin
40 dan ortiq talabalar grant va stipendiyalar sohibi. Talabalar sport va intellektual tanlovlarda ham faol ishtirok etadi.
Kirish talablari
Toshkent Kimyo xalqaro universitetida quyidagi talablarni bajargan holda o’qishni boshlashingiz mumkin bo’ladi.
Avval admission.kiut.uz saytida ro'yxatdan o'tishingiz kerak bo’ladi.
Qabul uchun zarur hujjatlar:
- Pasport nusxasi (rangli)
- Litsey/kollej/litseydan diplom/ma’lumotnoma nusxasi (rangli)
- Oxirgi 3 oy ichida olingan elektron fotosurat - 3,5 sm × 4,5 sm
- Yuqorida sanab o‘tilgan barcha zarur hujjatlar elektron (skanerlangan) ko‘rinishda admission.kiut.uz saytiga yuklanishi kerak (har bir hujjat JPEG yoki PNG formatida hajmi 2 MB dan, oshmasligi kerak).
Chet tilini bilish sertifikati IELTS/TOEFL faqat ingliz tili guruhida tahsil olishingiz uchun kerak bo’ladi.
Kirish imtihon fanlari - Biologiya, ximiya va ona tili va adabiyoti.