• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
  • facebook icon
  • telegram icon
  • linkedin icon
  • youtube icon
  • instagram icon
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet arrow icon

    Universitet

    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    • KIUT Shop
    • Talabalar uyushmasi
    • Kafedralar
    • Bo'limlar
  • Dasturlar arrow icon

    Dasturlar

    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    • Muhandislik maktabi
    • Biznes va moliya maktabi
    • Taʼlim maktabi
    • Sanʼat maktabi
    • Tibbiyot maktabi
  • Qabul arrow icon

    Qabul

    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Koʻp beriladigan savollar
    • Qabul Toshkent shahri
    • Qabul Namangan shahri
    • Qabul Samarqand shahri
    • MBA AlmaU
    • Yozgi maktab
  • Tadqiqot arrow icon

    Tadqiqot

    • Ilmiy Kengash
    • Maxsus va malakaviy imtihonlar
    • Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash
    • Axborot - resurs markazi
    • Innovatsion markaz
    • Ilmiy boʻlim
    • Konferentsiyalar to'plami
    • Ilmiy jurnallar
    • Ilmiy maqolalar
  • Filiallar arrow icon

    Filiallar

    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar
  • en
  • ru

Bakalavr dasturlari

  1. Bosh Sahifa
  2. Dasturlar
  3. Bakalavr dasturlari

Biznes boshqaruvi


Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Biznesni boshqarish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi universitetning ilk va eng talabgir yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, 2018-yildan buyon talabalarni qabul qilib kelmoqda. 
Biznesni boshqarish — bu shunchaki kompaniyani boshqarish emas, balki g‘oyani muvaffaqiyatli tizimga aylantirish, insonlar va resurslarni yagona maqsad sari birlashtirish, strategik qarorlar qabul qilish hamda zamonaviy biznes muhitida samarali faoliyat yuritishni anglatadi.

Dastur zamonaviy iqtisodiyot sharoitida raqobatbardosh, liderlik salohiyatiga ega, analitik fikrlaydigan va innovatsion boshqaruv qarorlarini qabul qila oladigan mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.
Yo‘nalishda tahsil olish uchun abituriyentlardan matematika va ingliz tili fanlari bo‘yicha yaxshi tayyorgarlik talab etiladi. Qabul suhbat asosida amalga oshiriladi va talabalar bilim darajasiga ko‘ra tegishli akademik guruhlarga taqsimlanadi.

Yo‘nalishning maqsadi va vazifalari
Dastur yuqori malakali, zamonaviy boshqaruv kompetensiyalariga ega va global biznes muhitida samarali faoliyat yurita oladigan mutaxassislarni tayyorlashni maqsad qiladi.
Ta’lim jarayonida talabalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha professional ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar:

  •  strategik, operatsion va innovatsion boshqaruv;
  •  marketing va iste’molchi xulq-atvorini tahlil qilish;
  •  moliyaviy menejment, investitsiyalar va bank ishi asoslari;
  •  biznes huquqi va biznes etikasi;
  •  raqamli biznes va elektron tijorat texnologiyalari;
  •  logistika va ta’minot zanjiri boshqaruvi;
  •  analitik fikrlash va loyihaviy boshqaruv;
  •  ilmiy-tadqiqot va innovatsion biznes rivojlantirish. 

Dastur nazariy bilim va amaliyot uyg‘unligi asosida tashkil etilgan bo‘lib, talabalarni real biznes muhitiga tayyorlashga xizmat qiladi.
O‘quv rejasi haqida umumiy ma’lumot
Ta’lim jarayoni zamonaviy va amaliyotga yo‘naltirilgan o‘quv dasturi asosida tashkil etilgan.
Birinchi kurs
Talabalar iqtisodiyot va biznesning fundamental asoslarini o‘rganadilar. Asosiy fanlar qatoriga iqtisodiyot uchun matematika, iqtisodiyot asoslari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda xorijiy tillar (ingliz, turk, fors, koreys, yapon va xitoy tillari) kiradi.
Ikkinchi kurs
Talabalar iqtisodiy va boshqaruv fanlari bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtiradilar. Jumladan:

  •  statistika;
  •  moliya;
  •  marketing asoslari;
  •  buxgalteriya hisobi;
  •  menejment asoslari;
  •  biznes huquqi;
  •  biznes ingliz tili va professional kommunikatsiya
  • fanlari o‘qitiladi.

Uchinchi kurs
Asosiy e’tibor kasbiy va ixtisoslik fanlariga qaratiladi. Talabalar:

  •  moliyaviy menejment;
  •  inson resurslarini boshqarish;
  •  tashkiliy xulq-atvor;
  •  reklama va brending;
  •  bank ishi;
  •  xalqaro biznes

yo‘nalishlari bo‘yicha chuqur bilimlarga ega bo‘ladilar.
Shuningdek, ekonometrika va iqtisodiy tahlil asosida analitik fikrlash va boshqaruv qarorlarini qabul qilish kompetensiyalari shakllantiriladi.
To‘rtinchi kurs
Talabalar ixtisoslik va tanlov fanlari orqali chuqurlashtirilgan bilimlarni egallaydilar. Jumladan:

  •  strategik boshqaruv;
  •  logistika boshqaruvi;
  •  raqamli biznes va elektron tijorat;
  •  investitsiyalar;
  •  soliqqa tortish

yo‘nalishlari o‘rganiladi. 
Xalqaro hamkorlik va ta’lim dasturlari
“Biznesni boshqarish” yo‘nalishi xalqaro akademik hamkorlik va talabalar mobilligini faol qo‘llab-quvvatlaydi.
Xalqaro hamkorlik talabalarga:

  •  zamonaviy boshqaruv va marketing yondashuvlarini o‘rganish;
  •  innovatsion texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot vositalarini qo‘llash;
  •  xalqaro biznes standartlari bilan ishlash;
  •  global akademik va biznes muhitida tajriba orttirish

imkonini beradi.
Hamkor universitetlar:

  •  Sungshin Women’s University
  •  Swiss Education Group
  •  Almaty Management University
  •  INTI University
  •  University of Florida
  •  Norwich Institute for Language Education
  •  University of Strathclyde
  •  Roosevelt University
  •  Necmettin Erbakan University
  •  Riga Technical University
  •  Turiba University
  •  Varna University of Management
  •  International University of Applied Sciences
  •  Hankyong National University
  • Dongshin University
  •  Gachon University
  •  Daegu University
  •  Chosun University
  •  Nagoya University
  •  Istanbul Aydın University

Talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun:

  •  2+2 qo‘shma ta’lim dasturlari;
  •  exchange dasturlari;
  •  xorijda o‘qish va amaliyot;
  •  xalqaro kompaniyalarda stajirovkalar
  • imkoniyatlari mavjud. 

Bugungi kunga qadar 14 nafar talaba xorijiy hamkor universitetlarda 2+2 qo‘shma ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan.
Bitiruvchilarning faoliyat sohalari va diplom
“Biznesni boshqarish” yo‘nalishi bitiruvchilari iqtisodiyotning turli tarmoqlarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishlari mumkin.
Faoliyat yo‘nalishlari:

  •  xususiy sektor va korporativ boshqaruv;
  •  davlat boshqaruvi va ijtimoiy soha;
  •  kichik biznes va tadbirkorlik;
  •  bank, moliya, sug‘urta va investitsiya kompaniyalari;
  •  savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi;
  •  marketing, reklama va konsalting;
  •  logistika va ta’minot zanjiri boshqaruvi;
  •  eksport-import kompaniyalari.

Bitiruvchilar quyidagi lavozimlarda faoliyat yuritishlari mumkin:

  •  menejer;
  •  loyiha menejeri;
  •  biznes tahlilchi;
  •  HR menejer;
  •  davlat tashkilotlari mutaxassisi;
  •  bank xodimi;
  •  investitsiya tahlilchisi;
  •  moliyaviy menejer;
  •  marketolog yoki brend menejer;
  •  savdo bo‘limi rahbari;
  •  logistika va supply chain menejeri. 

Mutaxassislik nomi:
60411300 — Biznesni boshqarish
Kvalifikatsiya:
Iqtisodchi, biznes boshqaruvchisi

Click to link to download - include a link to the PDF!

“Biznes boshqaruvi”  yo‘nalishi bo‘yicha kirish imtihonlari matematika va ingliz tili fanlaridan test shaklida o‘tkaziladi. 
IELTS sertifikati kamida 5,5 ballga ega bo‘lgan abituriyentlar ingliz tili fanidan kirish imtihonini topshirishdan ozod qilinadi va bu fan bo‘yicha maksimal ball qo‘yiladi.
Shuningdek, “Biznes boshqaruvi” yo‘nalishi talabalari universitetga o‘qishga kirgandan so‘ng ta'lim tilini (ingliz, rus yoki o‘zbek) tanlashi mumkin bo‘ladi.

Click to link to download - include a link to the PDF!

Mahmudov Mardonbek Abrorjonovich
Mahmudov Mardonbek Abrorjonovich

"Biznesni boshqarish" va "Xalqaro iqtisodiy munosabatlar" yo'nalishlari rahbari

+998 78 129 40 40 (132)
Asatullayev Ja'farbek Otabek o'g'li
Asatullayev Ja'farbek Otabek o'g'li

"Biznesni boshqarish" va "Xalqaro iqtisodiy munosabatlar" yo'nalishlari rahbari o'rinbosari

+998 78 129 40 40 (132)
Ataxanov Bekpo’lat Abdullayevich
Ataxanov Bekpo’lat Abdullayevich

"Biznesni boshqarish" va "Xalqaro iqtisodiy munosabatlar" yo'nalishlari rahbari o'rinbosari

+998 78 129 40 40 (132)
  • Dars jadvallari
  • Intranet
  • Intranet (Sirtqi taʼlim)
  • Kutubxona
  • E-pochta
  • Talabalar baholari
  • Talabalarning davomati
  • Davomat
  • Shota Rustaveli ko'chasi, 156, 100121 Toshkent
  • +998 78 129 40 40
  • info@kiut.uz

Copyright © 2024 KIUT. All rights reserved

facebook twitter linkedin linkedin instagram