Chiroy estetikasi
Chiroy estetikasi – invaziv boʻlmagan yoki minimal invaziv usullardan foydalanishni oʻz ichiga olgan kosmetologiyaning bir boʻlimi.
Farq shundaki, bu sohada ishlashni rejalashtirgan mutaxassislar chiroy estetikasi yoʻnalishida bakalavr darajasini olishi lozim.
Bu soha egalari shifokor emas, ular sogʻliqni saqlash xodimlari ham emas. Ular tegishli maʼlumotga, mahoratga ega boʻlgan chiroy va teri mutaxassislaridir. Bu xizmat koʻrsatish sohasi, tibbiyotga tegishli bo‘lmay, ayni paytda chiroy estetikasi diplomiga ega boʻlgan mutaxassis oʻz vakolati doirasida mijoz sogʻligʻiga bevosita masʼul hisoblanadi.
Umumlashtirganda, xozirgi kunda chiroy estetika yo‘nalishi bo‘yicha ikki toifadagi mutaxassislar o‘z ish faoliyatini olib boradi:
- Shifokorlar (dermatokosmetolog va dermatovenerologlar)
- Chiroy estetika yo‘nalishi bo‘yicha diplomi bor mutaxasislar
Chiroy Estetika dasturining (BSc. Beauty Aesthetics) asosiy maqsadi, ularni jaxon shu jumladan milliy bozorda eng tez rivojlanayotgan segmentga nazariy va amaliy bilimga yega yuqori malakali diplomli mutaxasislarni tayyorlash.
Estetik kosmetologiya dasturi quyidagi nazariy bilimlarni va amaliyotni o‘z ichiga oladi:
- Kimyoviy va fizik pilinglar
- Yuz va tana parvarishi
- Lazer va apparat kosmetologiyasi
- Kosmetologiyada fizioterapiyaning asoslari
- Fraksion mezoterapiya/mikronidling
- Ineksiyasiz mezoterapiya
- Klassik, kosmetik, bo‘shashtiruvchi va modellashtiruvchi yuz va butun tana massaji
- Salomatlik bo‘yicha kouching
- Go‘zallik va salomatlik psixodiagnostikasi va psixologiyasi
- Qosh va ko‘zlarning doimiy bo‘yalishi
- Apparat va lazerli epilyatsiya hamda klassik depilyatsiya
- Xalq tabobati asoslari
TA’LIM QANDAY O‘TDI?
O‘quv mashg‘ulotlar professional-jihozlangan laboratoriyada, tajribali va yuqori malakali professor - o‘qituvchilar, akademik va ilmiy markazlarda ish faoliyatini olib boruvchi professional praktik tomonidan olib boriladi.
Intensiv o‘quv dasturini tugatgandan so‘ng talabalar nafaqat estetik kosmetologiya sohasida, balki to‘g‘ri ovqatlanish, kosmetika ishlab chiqarish texnologiyasi, amaliy psixologiya, kosmetologiya sohasida biznesni boshqarish bo‘yicha parallel mashg‘ulotlar olib borilganligi sababli bu sohalarda keng ko‘lamli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi.
To‘rt yillik kunduzgi bakalavr dasturi, o‘qishning birinchi bosqichidan boshlanadishgan ko‘plab amaliy mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladi.
Kelajak mutaxassislar kosmetik nuqsonlarning oldini olish usullarini o‘zlashtiradilar va turli xil kosmetik nuqsonlar uchun maxsus davolash va profilaktika dasturlarini amalga oshirishlari mumkin.
Bakalavr darajasiga ega bo‘lagan mutaxasis qanday holatlar bilan ishla oladi:
- muammoli teri, sezgir teri, tez qarivotgan teri;
- ko‘plab kosmetik komponentlarga nisbatan o‘a sezgir yoki allergik teri;
- suvsizlangan, ikkilamchi qurib ketgan, tez qarigan teri;
- pigmentli teri, giper yoki gipopigmentatsiyaga moyil teri;
- klassik chandiqlar va patologik chandiqlar
- soch muamollari: soch to‘kilishning turli ko‘rinishlari
- vazning tez yeg‘ilishi, semizlik;
- insulinrezistentlik;
- homilador va emizikli ayollarni oziqlantirish;
- turli yosh guruhlari uchun qarishga qarshi oziq-ovqatni tanla bila olish,
- biologik aktiv moddalarni tavsiya qila berish.
Ta’lim dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilar Chiroy estetikasi (BSc. Beauty Aesthetics) yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini oladilar.
BAKALAVR DARAJASIGA EGA DIPLOMLI KOSMЕTOLOG O‘Z KASBIY FAOLIYATINI QUYIDAGI SOHALARDA OLIB BORISH HUQUQIGA EGA:
- Ixtisoslashgan tibbiyot va kosmetologiya muassasalarida lazer texnologiyasi bo‘yicha mutaxasis;
- Ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarida nutritsiolog sifatida;
- Sanatoriy-kurort muassasalarida bakalavr diplomga ega bo‘lgan oliy toifali kosmetolog;
- Kosmetologiya markazlarida kosmetolog-estet, va yuqori malakali mutaxasis tariqasida;
- Go‘zallik va salomatlik markazlarinini boshqaruvchisi sifatida;
- Kosmetik mahsulotlar ishlab chiqarish muassalarida yetuk kosmetolog-texnolog tariqasida;
- Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida;
- Yirik kosmetik kompaniya va muassasalarida Kosmetolog-texnolog, kosmetika mahsulotlari bo‘yicha mutaxassis, nutritsiolog yoki diplomli kosmetolog-estetist tariqasida.
Chiroy estetikasi yoʻnalishi oʻzining mutaxassislik shifriga ega:
Taʼlim sohasi: Xizmat koʻrsatish sohasi.
Taʼlim yoʻnalishi: 61011100 – Chiroy estetikasi.
Yoʻnalish oʻquv rejasi, Sogʻliqni saqlash vazirligining Tibbiy taʼlimni rivojlantirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.
Kirish talablari
Toshkent Kimyo xalqaro universitetida quyidagi talablarni bajargan holda o’qishni boshlashingiz mumkin bo’ladi.
Avval admission.kiut.uz saytida ro'yxatdan o'tishingiz kerak bo’ladi.
Qabul uchun zarur hujjatlar:
- Pasport nusxasi (rangli)
- Litsey/kollej/litseydan diplom/ma’lumotnoma nusxasi (rangli)
- Oxirgi 3 oy ichida olingan elektron fotosurat - 3,5 sm × 4,5 sm
- Yuqorida sanab o‘tilgan barcha zarur hujjatlar elektron (skanerlangan) ko‘rinishda admission.kiut.uz saytiga yuklanishi kerak (har bir hujjat JPEG yoki PNG formatida hajmi 2 MB dan, oshmasligi kerak).
Chet tilini bilish sertifikati IELTS/TOEFL faqat ingliz tili guruhida tahsil olishingiz uchun kerak bo’ladi.
Kirish imtihon fanlari - Biologiya va Kimyo.