
“Masʼuliyatli ota-onalik”
“Masʼuliyatli ota-onalik” – yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga qaratilgan seminar-trening
2025-yil 15-oktabr kuni Toshkent amaliy fanlar universitetida “YoshlarnI oilaviy hayotga tayyorlash” maxsus dasturi doirasida “tengdosh-tengdoshga” tamoyili asosida “Masʼuliyatli ota-onalik” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Maktabgacha ta’lim va Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlari talaba-qizlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Universitet professori M.A. Berdiyeva, dotsentlar N.Xolyigitova va M.Rustamovalar oila – muqaddas qo‘rg‘on ekani, uning mustahkamligi sabr-qanoat, hamjihatlik va mehr-oqibat kabi fazilatlar bilan bog‘liqligini ta’kidlab, yoshlarni yuksak odob-axloq va ijtimoiy faollikka tayyorlash zarurligini qayd etdilar.
Seminar davomida ishtirokchilar oilaviy qadriyatlar har bir inson hayotida poydevor bo‘lishi, mas’uliyatli ota-ona bo‘lish uchun tayyorgarlik muhimligi haqida fikr almashdilar. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, ushbu tadbirning foydali va mazmunli bo‘lganini e’tirof etdilar.